So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Bobur Zuhriddinov: "Surxon"ga hurmat saqlagan xolda aytaman, bugun biz g'alaba uchun kelgandik" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Surxon"ga hurmat saqlagan xolda aytaman, bugun biz g'alaba uchun kelgandik"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Surxon" jamoasiga hurmatni saqlagan xolda aytaman, bugun biz bu erga g'alaba uchun kelgandik. O'yindan oldin raqibimizni jiddiy o'rganib chiqdik. Har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ko'rdinglar, biz bugungi o'yinda "Surxon"dan hech bir jihatda ortda qolmadik.

- "Mashal" jamoasi hujum tashkil etayapti, ammo bog'lamlarda muammolar bordek ko'rinayapti. Legionerlar jamoaga to'liq moslashib ketishmaganmi?

- Legionerlar jamoaga to'liq moslashib ketishgan deb ayta olaman. Biz "Surxon"ga orqaroqda bo'sh xududlar taqdim etib qo'yishni oldini olishni maqsad qilib, ayrim futbolchilarni oldinga chiqarmadik. SHu boisdan sizga shunaqa ko'ringan bo'lishi mumkin.

- "Jar" stadioni siz uchun begona emas. "Obod"da ishlagan vaqtingizda ayni shu stadionda murabbiylik qilgansiz. Bugun "Jar"dagi o'yin sizga qanday hissiyotlarni berdi?

- Albatta, "Obod"da ishlagan vaqtlarimda shu stadionda ko'p bora o'yin o'tkazganmiz. Siz hozir buni menga eslatdingiz. Ha, bu yoqimli tuyg'ularni bergan. Biroq bu o'tmishda qoldi. Hozir "Mashal"daman va jamoa bilan katta-katta maqsadlarni o'z oldimizga qo'yganmiz.

- "Surxon" bilan o'yinga g'alaba uchun kelganliklaring haqida aytayapsiz. Bunga nima sabab bo'ldi va yakunda nega g'alaba qozona olmadinglar?

- Biz o'yindan oldin "Surxon"ni jiddiy o'rganib chiqqandik. SHunga mos ravishda qattiq tayyorgarlik ham ko'rdik. Ko'rdingiz, ayrim jihatlar bilan raqibdan ustun ham o'ynadik. Masalan, rejamizda o'yinning oxirgi 30-daqiqasida hujumkor futbol bor edi. Amalda ham shunday bo'ldi. O'sha vaziyatda Ibrohim No'monov darvozani ishg'ol qila olganda, hozir bu savollar bo'lmas edi.

- “Mashal"da kelasi mavsum uchun Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi bormi?

- Kelasi mavsum Superligada o'ynaymizmi, yo'qmi, Alloh biladi. Biz bor kuchimiz bilan shunga harakat qilamiz

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика