So’nggi yangiliklar

00:55Саудия Арабистони. Роналду фаолиятидаги 902-голини урган ўйинда "Ал Насср" йирик ғалаба қайд этди  2 00:37Гвардиола "Сити"нинг чемпионликдаги асосий рақибини айтди  0 00:15Роналду "Ал Насср"да юз фоизлик натижа қайд этмоқда  1 23:58Ўзбекистон U-16 термаси Францияга мағлуб бўлди  3 23:33Александр Хомяков: “Кетма-кет мағлубиятлар гирдобида қолгандик”  1 23:17Иван Бошкович: “Гол киритганимиздан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  0 23:10"Ливерпуль"нинг асосий футболчиси "Борнмут"га қарши ўйнамаслиги мумкин  0 22:50Илҳом Ҳамроев: "Мухлислардан узр сўраймиз"   9 22:42Хосе Венансио Лопес: "Ропиевнинг қизил карточкаси барчасини ўзгартириб юборди. Мен шартномамни шу ерда якунлайман ва катта эҳтимол билан бу менинг фаолиятимдаги сўнгги учрашув бўлди"  20 22:27Саудия Арабистони. "Ал Иттифоқ" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 22:15"Навбаҳор" - "Андижон" учрашуви бошланиш вақти маълум қилинди  15 21:56Александр Крестинин: "5та 100 фоизлик имкониятимиз бўлганди"  0 21:40Футзал. Ўзбекистон Коста-Рикага мағлуб бўлди ва ЖЧдаги иштирокини якунлади   259 21:26Сергей Лушчан: "Ўйинимиз "ноль". Ҳужумга деярли ўта олмадик"  5 21:25Суперлига. "Сўғдиёна" - "Андижон" 1:1, Дарвоза тўсини ва устуни Жиззахликларни мағлубиятдан қутқариб қолди  1

"Bobur Arena"ning ayrim sektorlari yopilishi malum qilindi. Bunga nima sabab bo'ldi? Yangiliklar

"Bobur Arena"ning ayrim sektorlari yopilishi malum qilindi. Bunga nima sabab bo'ldi?

Liga mazkur masala yuzasidan "Andijon" futbol klubi, viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasiga murojaat qildi.

"28 aprel kuni O'zbekiston Kubogi doirasida "Andijon" Qarshining "Nasaf" klubini qabul qilishi lozim. Mazkur bellashuvga bo'lgan qiziqishning yuqori ekani Ligani ham quvontiradi, ham xavotirga soladi. CHunki 2024 yilning 13 aprel kuni "Bobur Arena" stadionida o'tkazilgan "Andijon" – "Dinamo" uchrashuvida qator kamchiliklar bayonlashtirilgan. Texnik zona ortida joylashgan tribunadagi tomoshabinlar yordamchi hakamga tinimsiz ravishda beton bo'laklari va toshlar otgani, uchrashuv yakunlanganidan keyin ham bu holat davom etib, kiyim almashtirish xonasiga yo'l olgan hakamlarga beton bo'laklari va toshlar otilgani, futbolchilarning oila azolari uchrashuv yakunida texnik zonaga qo'yib yuborilgani, oqibatda futbol uchrashuvlarini o'tkazish bilan bog'liq qator normalar buzilgani uchrashuv bildirgisida qayd etilgan. 

Uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq kamchilik masalasida Liga klub bilan ishlaydi. "Andijon" fan klubi esa uyushqoqlik, bayram kayfiyati hosil qilish va qator masalalarda o'zini namoyon etayotganidan kelib chiqib, "Nasaf" bilan uchrashuv muxlislarsiz o'tishi masalasi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirilgani yo'q. Biroq xavfsizlik masalasidan kelib chiqib, 28 aprel kungi bellashuv uchun stadionining 1, 1A, 2, 32-sektorlari, shuningdek, VIP tribuna ostidagi o'rindiqlarni vaqtincha yopish hamda mazkur sektorlar uchun chiptalarni savdoga chiqarmaslikni maqsadga muvofiq deb topildi. Liga komissari uchrashuvoldi miting davomida mazkur masalalarni jamoat tartibini saqlash uchun masul organlar bilan kelishishi ko'zda tutilgan. 

O'z navbatida, Liga andijonlik futbol muxlislariga bevosita murojaat qiladi. Andijon xalqi mehmondo'st va bag'rikengligi bilan nom taratgan. SHunga qaramay, ayrim nomaqbul shaxslarning xatti-harakati yuqoridagi kabi holatlarga sabab bo'lmoqda. SHundan kelib chiqib, yon-atrofingizdagi shaxslarni bu kabi ishlardan qaytarish, ularni to'g'ri yo'lga boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, ayrim shaxslarnigina deb, klub muxlislarsiz stadion, chiptalar savdosi va boshqa masalalarda aziyat chekishi ham to'g'ri emas. Ishonamizki, katta yoshli futbol muxlislari ayrim shaxslar o'zini isloh qilishida ularga to'g'ri yo'l ko'rsata oladi. Raqobatbardosh klub, futbol bayrami va ajoyib muxlislar bilan viloyat futboli yanada yaxshiroq marralarni zabt eta olishiga umid bildiramiz", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика