So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Boboqulov, Vahobov, Umurzoqov "Qizilqum" ko'rigida Yangiliklar

Boboqulov, Vahobov, Umurzoqov "Qizilqum" ko'rigida

SHu kunlarda “Qizilqum” jamoasi azolari Toshkentda ikkinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

Navoiyliklar poytaxtimizdagi “Obod” va “Yoshlik” stadionlarida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib boryapti.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazishmoqda. Dastlab Feruz Boboqulov, Bahriddin Vahobov (“Buxoro”), Xurshid Yo'ldoshev (“Oqtepa”), Bobir Mamirov (Rossiya)larning “Qizilqum” mashg'ulotlariga qo'shilganligini bildirgandik.

Kuni kecha esa yarim himoyachi Muzaffar Umrzoqov navoiyliklar bilan mashg'ulotlarni boshladi. SHuningdek, o'tgan mavsumda “Bunyodkor” yoshlari tarkibida o'ynagan himoyachi Nodir Otajonov ham murabbiylar sinovidan o'tmoqda.

 9 yanvar kuni navoiyliklar “Obod” stadionida nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar. Ushbu bahsda birinchi liga vakili “Obod” futbolchilari “Qizilqum” raqibi bo'ldi.

Mezbonlarga qarshi konchilar quyidagi tarkibda maydonga chiqishdi: Erkin Jabborov, Fayzulla Qambarov, Asqarjon Muhiddinov, Azizbek Usmonov, Mirjalol Qurbonov, Farruh Haydarov, SHerali Jo'raev, Alisher Sanoev, G'ayrat Jumaev, Jamshid SHohnazarov, Alisher Xoliqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Ruslan Sanaev, Bahriddin Vahobov, Nodir Otajonov, Sarvarjon Xolmatov, Bobir Mamirov, Nodirjon SHaxobiddinov, Feruz Boboqulov.

 Uchrashuv deyarli to'liq navoiyliklar tashabbusi ostida o'tgan bo'lsa-da, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda aksariyat vaziyatlarda ularga aniqlik etishmadi. O'yin taqdirini yagona gol hal qildi.  Tinimsiz yoqqan yomg'ir ostida kechgan uchrashuvning 43-daqiqasida  mezbonlar himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida hujumchi Alisher Xoliqovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bosh hakam bu vaziyatda ikkilanmasdan 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Bu imkoniyatdan jabrlanuvchining o'zi unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bahs yakuniga qadar maydonda shiddatli va keskin kurash borgan bo'lsa-da, o'yin oxirigacha hisob boshqa o'zgarmadi.

Rejaga ko'ra, navoiyliklar navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 12 yanvar kuni o'tkazadi. Unda Samarqand dinamochilari “Qizilqum” jamoasi raqibi bo'ladi. O'yin soat 13.00 da “Obod” stadionida boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика