So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Bobir Abdixoliqov va SHahzod Ubaydullaev faoliyatini "Energetik-BGU"da davom ettiradi Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov va SHahzod Ubaydullaev faoliyatini "Energetik-BGU"da davom ettiradi

Belarus chempionatining "Energetik-BGU" klubi o'zbek futbol muxlislari uchun juda yaxshi tanish.

O'tgan mavsum bu jamoa safida Jasur Yaxshiboev, SHahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishgandi.

Bu yil yozgi transfer oynasi vaqtida ikki nafar o'zbekistonlik hujumchilar SHahzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov ushbu klub safini to'ldiradi.


 


Malumotlarimizga ko'ra, yaqindagina rahbariyat tomonidan "Energetik-BGU" oldiga mavsumni kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo'yilgan. Mana shu vazifani bajarish uchun klub o'zbekistonlik ikki hujumchini o'z safiga chorladi. Belarus chempionatida 5 iyul kuni transfer oynasi ochiladi va shundan keyin Abdixoliqov va Ubaydullaev jamoa tarkibida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Kecha ikkala futbolchi ham Toshkent-Minsk yo'nalishi bo'ylab Belarus poytaxtiga uchib ketishdi.

Malumot uchun, "Energetik-BGU" ayni paytda Belarus chempionatining eng yosh jamoasi hisoblanadi. Klubning o'rtacha yoshi 22,7ga teng. "Energetik-BGU"ning maqsadi yosh futbolchilarni o'ynatib ularni yanada kuchliroq klublarga transfer qilish hisoblanadi. O'tgan yil klub Ilya SHkurinni Moskvaning CSKA, Jasur Yaxshiboevni Soligorskning "SHaxtyor" klublariga transfer qilgandi.


Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика