Bobir Abdixoliqov: "Har qanday futbolchi asosiy tarkibda o'ynashni xohlaydi"

Оқил Абдубарноев
12 avg 2025, 11:27
Superliganing 18-turidan joy olgan "Dinamo" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Bobir Abdixoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uch ochko uchun maydonga tushgandik, yakunda bir ochkolik bo'ldik. G'alabaga vaziyatlardan foydalana olmaslik sabab bo'ldi. 

"Paxtakor"ga tezda moslashdim. Sababi, klubdagi futbolchilar menga tanish, ularning ko'pchiligi bilan terma jamoada birga to'p tepganmiz. Qolaversa, jamoadagi muhit zo'r. Meni yaxshi qabul qilishdi va har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda. 

Har qanday futbolchi asosiy tarkibda o'ynashni xohlaydi. Hujumchi uchun eng muhimi – maydonga tushgach, gol urish va jamoaga yordam berish. Asta-sekin menga taqdim etiladigan o'yin daqiqalari ko'payadi, degan umiddaman", dedi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Bobir Abdixoliqov ikkinchi bo'limning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va oradan to'rt daqiqa o'tgach, hisobni tenglashtirdi.

INTERVYU VIDEOSI

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia