Blan Mbappening PSJda qolgani haqida gapirdi
29 may 2022 12:35
Yangiliklar


Blan Mbappening PSJda qolgani haqida gapirdi
Franciya termasining sobiq bosh murabbiyi Loran Blan hujumchi Kilian Mbappening PSJda qolgani haqida gapirdi.
"Bu inson haqida ko'p narsalarni bilmayman. U hali juda yosh. U garchi yosh bo'lishiga qaramasdan tartibli insonligi ko'rinib turibdi, chunki uning o'ynayotgan klubi ham juda tartibli.
U "Real"ga o'tishi mumkin edi, biroq hali uning yoshligini ham inobatga oling. U Franciyadan tashqarida dunyoning eng katta klublari uchun o'ynashi mumkin edi. Ammo u shunday: "PSJ bilan ECHLni yutmasam bo'lmaydi", demoqda. Bu yaxshi holat, u hali o'z maqsadiga erishgani yo'q.
Uning chempionatdagi o'yinlaridan zavq olaveraylik, Kilianning chempionatda qolgani muxlislar uchun foydali bo'ldi", - dedi Blan.
O’xshash yangiliklar
04:40
ECHL. "Manchester Siti" safarda "Real Madrid"ga mag'lub bo'ldi, Husanov o'yinda to'liq harakat qildi 16

Fikrlar