"Biz u bilan yana bog'lanamiz". Mareska Mudrikning diskvalifikaciyasiga izoh berdi
20 iyu 13:34
Yangiliklar


"Biz u bilan yana bog'lanamiz". Mareska Mudrikning diskvalifikaciyasiga izoh berdi
"Chelsi" bosh murabbiyi antidoping qoidalarini buzganlikda ayblangan ukrainalik futbolchi Mixaylo Mudrik haqida gapirdi.
Angliya futbol associaciyasi (FA) "Chelsi" vingeriga nisbatan rasmiy ayblov elon qildi. U 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
"Men Misha bilan Polshada Konferenciya Ligasi finalida o'ynaganimizda gaplashganman. O'shandan beri u bilan suhbat qurganim yo'q. Yangiliklarni o'qimadim, lekin menga bu haqda aytishdi. U bilan oxirgi marta gaplashganimda unda xavotir ko'rmagandim, lekin biz u bilan albatta bog'lanamiz", – dedi mutaxassis.
Mudrikning doping-testi o'tgan yil oxirida musbat chiqqandi. Shundan so'ng futbolchi vaqtinchalik o'yinlardan chetlashtirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar