So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  267 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

Bitta xatoni uchinchi marotaba takrorlayotgan O'FA! Yangiliklar

Bitta xatoni uchinchi marotaba takrorlayotgan O'FA!

2011 yillar terma jamoasiga Marat Bikmaevni bosh murabbiy sifatida ko'rishmoqchi ekan.

Bitta xatoni uch marotaba qilish mumkinmi? Mumkin, agar Siz O'zbekistonda qaror chiqarsangiz.

2018 yil Server Jeparov faoliyatini yakunladi va unga 2006 yillar terma jamoasini berishdi.
2021 yil Anvar G'ofurov faoliyatini yakunladi unga 2010 yillar terma jamoasini berishdi.




Ikkisi ham uzoqqa bormadi, chunki ikkisi ham endi futbol o'ynashni tugatgan va bo'lib ham bu yoshdagi futbolchilarni umuman bilishmasdi. Jeparov o'zi uchun to'g'ri qarorga keldi. Mana 2 yildirki, o'qish va izlanish bilan band. Albatta bu yaxshi. Aslida O'FA bu ish bilan shug'ullanishi kerak. Bugun associaciya qoshidagi talim tizimi juda oqsayapti. Istedodlarni yiqqan holda ular uchun chet elda amaliyotlarni tashkil qilish kerak. Jeparov, G'ofurov va Bikmaev kabilar zo'r murabbiy bo'lishni istasalar, mana shundaylar uchun saralangan loyihalarni yo'lga qo'yish kerak va ularni quyi pog'onadan ko'tarib borish lozim. Agar kim o'zini klubda ko'rayotgan bo'lsa, marhamat, shu ishni o'sha klub rahbarlari bo'yniga olsin, chunki mutaxassis avvalo ular uchun kerak. 2006 yillarning baxtiga Jamoliddin Rahmatullaev qiyin vaziyatda terma jamoani olgan holda mundialga olib chiqa oldi. Bunga asosiy sabab u 2005 yillarni o'ynatish chog'ida ko'p marotaba 2006 larga qarshi o'ynagan va o'zining U18 tarkibida "Bunyodkor"ning 2006 yilda tug'ilgan etakchi futbolchilarini o'ynatgan. Demoqchi bo'lganim, u bu terma jamoaga azo futbolchilarni yaxshi bilardi.

2010 yillarga kelsak G'ofurov terma jamoadan ketishni o'zi ixtiyor qildimi yoki "Bunyodkor"dan taklif o'sha payt tushdimi, buni aniq bilmadim, xullas u ketdi. Ammo 2 yillik vaqt ham u bilan birga ketdi. Keyin bu terma jamoaga 2010 yillar bilan umuman ishlamagan murabbiy, Ayder Kurbaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu murabbiy 2010 yillarni bilmasada, ammo u "detskiy" futboldan chiqqanligi, uning plyusi. U shu kungacha 2008 yilda tavallud topgan TFA jamoasi bilan ishlab kelgan. Ammo uning ham bitta xatosi bor, u ham o'z oldiga 2010 yillarni yaxshi biladigan murabbiylardan hech kimni olmadi. O'zining saviyasiga kelsam, yaxshi murabbiy, ammo unga ham shu yoshni yaxshi biladigan murabbiylardan birini qo'yish kerak. Sababi, kelasi yili Toshkent qabul qiladigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida aynan shu terma jamoamiz Vatan sharafini himoya qiladilar.



Endi maqsadga o'taman, O'tgan mavsum futbolni tugatgan Marat Bikmaevni kecha terma jamoaga bosh murabbiy bo'lishi haqida eshitdim. O'FA Kubogida ham uni ko'rdim. Marat bu postga qo'yiladigan murabbiy emas. U futbolchilik faoliyatini tugatganidan keyin Sadriddin Abdullaevga yordamchilik qildi. Unda ham mavsum o'rtalariga kelib. Xabaringiz bor, mavsum boshini Bikmaev "Lokomotiv" menedjeri vazifasida boshlagandi. 21 yoshli futbolchilarni mashq qildirish bilan, 13 yoshli futbolchilarni tayyorlash o'rtasida oy bilan quyosh o'rtasichalik masofa mavjud. Undan keyin bolalar futboli bu nozik masala, unda hamma detallar inobatga olinmayapti. SHuning uchun ham kattalar terma jamoasiga na bitta tuzuk hujumchi chiqmayapti, na bitta tuzuk pleymeyker.

Bu qarorni kim qabul qildi, Usmon Toshevmi yoki yangi texnik direktor bilmayman. Ammo ochiqchasiga xato qaror. Bikmaev meni yomon ko'rsa ko'raversin, kimdir erkin fikrini bayon qilishi kerak. Yaqinda "Lokomotiv" rahbari To'labek Akramov bilan ko'rishganimda, shunday gap so'zlar borligi, Bikmaevning kelajagi yo'lida bu ishdan qaytarishi kerakligini aytdim. CHunki bu ishni undan avvalgilari ham qila olmadi, bundan keyingilari ham qila olmaydi. Hali faoliyatini tugatib biron marotaba hech qaysi jamoani bosh murabbiyi bo'lmagan kishiga, O'zbekiston terma jamoasini topshirib qo'yish, juda katta xato bo'ladi.


Yangi velosiped ixtiro qilish kerak emas. Ana tajribali murabbiylarga imkon berilsin yoki Yaponiya amaliyoti qo'llanilsin. Yaponlarda 15 yoshgacha muqim terma jamoa bo'lmaydi. Mamlakatdagi 1000 ga yaqin 13-14 yoshli futbolchilar saralab olinadi va ulardan 100 nafari yana ajratiladi. Keyin ular 4 ga bo'linadi va har biri kichik terma jamoa sifatida navbati bilan yig'in o'tkazadi. Yakunda ular ichida 30 nafari ajrab qoladi va 2 yil davomida aniq bitta murabbiy va selekcionerlar bilan ishlangan jamoa 15 yoshida tayinlanadigan bosh murabbiyga topshiriladi. Aksar holatlarda murabbiy, avvalgi murabbiylar ichidan biri bo'ladi.

Bizning xato esa 13-14 yoshdan terma jamoa negizini tashkil qilib olishimizda. SHuning uchun "Surxon"dagi Haydarov va Jumaev kabi futbolchilarni yoshligidan payqamaymiz, Xuddi ular osmondan tushgan bolalar.



Toshev Afg'oniston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida elon qilindi. Endi kim terma jamoalar bilan ishlaydi va bo'lib o'tgan xatolarni to'g'irlaydi bilmadim, ammo yangi direktor oldida juda katta mashaqqatli ish turibdi. Aslini olganda bu bo'limni ikkiga bo'lish kerak. O'smirlar va kattalar futboli. O'smirni tushungani kattani, kattani tushungani o'smirlarni tushunmaydigan mutaxassislar bilan hech qaerga bormaymiz. Bizning vazifamiz kichik JCHlar emas, yakunda kattalar uchun futbolchilarni tarbiyalash bo'lishi kerak. Qatar bilan bo'lib o'tgan o'yin mana shunday xatolarni yillar davomida takrorlayapmiz. Hujumchimiz jarohat olsa, murabbiy, rahbariyat, muxlislar "panikaga" tushamiz. Superligamizda bitta o'zbekistonlik yo'q-ki 10tadan ko'p gol urgan. Aslida muammoning ildizi tubda!

Agar qaysidir futbolchi faoliyatini tugatayotgan bo'lsa va unga ish topib berish kerak bo'lsa, tizimni avvalo yaxshilab o'rgatib olinglar. Uni avval murabbiy sifatida tayyorlanglar va keyin muhim vazifani topshiring. Bu fikrni 4 yil o'tib, hamma ish orqaga ketib bo'lgandan keyin yozgandan ko'ra, o'sha ishni oldini olib yozishni maqul ko'rdim.

2011 yillar terma jamoasiga munosib nomzodlar etarlicha aslida.


Reyting: +20   

Fikrlar

+14   
18 noy 15:47:22
Bu shunchaki o'yin
Футбол тизимимиз усмирлар футболидаёк бузулиб буларканда. Кейин пешона уриб бизни футбол нега ривожланмаяпти деб юраверамиз. Фаластин ёки Катар каби давлатлардан хавфсираб ЖЧ га чикмокчи буламиз. Молодец Нодирхужа!
+11   
18 noy 15:33:52
Тўлқин Хайит
Болалар фудболини ҳақиқий жонкуяри Нодирхўжа. Ташкилий ишларга манашунақа йигитларни қўйиш керак, қўллаш керак.
+11   
18 noy 13:49:56
Kardinal
Яна бир нарса. Тизим деганда нафакат яшаш шароити, машгулотлар майдонлари ва бошкалар киради. Балки уйин механизми, тактик кулланмалар, схемаларгача хар бир терма жамоада бир хил булиши лозим. Нега Барселонанинг 17 ёшли футболчиси катталар уйинида захирадан тушиб уйинга осон кушилиб кетади. Чунки уларни академияси хам бош жамоа услуби билан бир хил услубда машгулот утказади. Уйин схемаси хам бош жамоа агар 4-4-3 булса хамма ёш тоифаси хам шу 4-4-3 схемада уйнайди. Мослашиш жараени осон булади
+9   
18 noy 15:30:38
FCB
Ajoyib maqola bo'lgan va bu haqida izlanib yurganlarizga raxmat hammasi bizning futbol uchun FOYDALANIB deb o'ylayman. Bularning har biriga bittadan terma yasab berish kerak. Uynatib yuroradi. Shunda ham biri birini korolmay yana boshqa maqsadlarga ham utadi bu QAHRAMONLAR. Har birining maqsadi bir men tarix yozay deydi. Lekin ularning barchasini qalami yoq va shu qalamni sotib olishga pullari bor xolos
+7   
18 noy 14:20:44
Косонсойчи1991FCRM_04
Алонсо деб уйлашябти менимча
+3   
18 noy 12:30:15
Жамшид Абдусамадов
Марат Бикмаев куйилиши ставкани ошиши. Кимсан Бикмаев муррабий деб. Биз ривожланмаяпмиз оркага кетвомиз. Уйинчиликда хам айланиб юришади тренерликда хам айланишади негаки танкаси зур. Ишсиз колдирмиди. Яна бир гап битта тренер интервю берганди битта танишимга терма ишониб топширилди кейин бита жойга егинга кетишдан олдин кунгирок килишди тепадан 5-6та уйинчи топ колганлари топилган деб. Токов га берларинг. Беролмиди чунки у этканини килмиди.
+2   
18 noy 15:41:52
Али Умаров
четдаг мураббй олиб келиш керак шунда таниш юилиш камаяди
+2   
18 noy 12:39:57
Bahodir
Нодирхўжани фикрига 100 % қўшиламан. Хамма ўз ишини қилсин аслида тизим нотўғрилиги кўриниб турибди. Бикмаев ТЖ мураббийи бўламан деб танка сурса бўлиб кетаверса, одолат қаерга кетади. Болалар футболи ичида юрган мураббийларни касри уради. Яхши футболчи дегани зўр мураббий деганимас. Бунга кўўўўп мисоллар бор
+1   
18 noy 16:36:41
Xan
куплар яхши футболчидан яхши мурабий чикади деб хато фекирлайди, аслида мияси кучли билимли кишилардан зур мурабий чикади, кайси йили терма жамоасини(адашмасам ирландидия термаси эди) европа чемпиони килган мурабий умуман футболга алокаси йук булган касб эгаси булган,оддий тиш духтири булганини езишганди
+1   
18 noy 12:40:01
Man_Utd Norin
Bla Ulug'bek Boqoyev bo'lgandayam boshqa gap edi
   
19 noy 08:13:53
assassin
Тугри ёш болалар фикрлари психикаси бошкача булади. Улар энди усаётган тез узгарувчан ва уз йулини аник белгилаб олишлари керак булган вакт булади у пайт.
   
18 noy 20:01:11
Kardinal
Rasul Matkarimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ofari. lekin 4-4-3sxemani siz oylab topdizmi sinab korish kerak
???????? отпечатка кетибти. Рульда ёзганидим. 4-3-3 эди узр хамма укиганга
   
18 noy 18:26:22
Rasul Matkarimov
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Яна бир нарса. Тизим деганда нафакат яшаш шароити, машгулотлар майдонлари ва бошкалар киради. Балки уйин механизми, тактик кулланмалар, схемаларгача хар бир терма жамоада бир хил булиши лозим. Нега Барселонанинг 17 ёшли футболчиси катталар уйинида захирадан тушиб уйинга осон кушилиб кетади. Чунки уларни академияси хам бош жамоа услуби билан бир хил услубда машгулот утказади. Уйин схемаси хам бош жамоа агар 4-4-3 булса хамма ёш тоифаси хам шу 4-4-3 схемада уйнайди. Мослашиш жараени осон булади
Ofari. lekin 4-4-3sxemani siz oylab topdizmi sinab korish kerak
   
18 noy 17:25:11
Jek Rose
Bos gazini "" NORTOY "" men sen tarafman
   
18 noy 16:07:37
ZJI ACM
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Яна бир нарса. Тизим деганда нафакат яшаш шароити, машгулотлар майдонлари ва бошкалар киради. Балки уйин механизми, тактик кулланмалар, схемаларгача хар бир терма жамоада бир хил булиши лозим. Нега Барселонанинг 17 ёшли футболчиси катталар уйинида захирадан тушиб уйинга осон кушилиб кетади. Чунки уларни академияси хам бош жамоа услуби билан бир хил услубда машгулот утказади. Уйин схемаси хам бош жамоа агар 4-4-3 булса хамма ёш тоифаси хам шу 4-4-3 схемада уйнайди. Мослашиш жараени осон булади
Klub bilan terma jamoani farqi bor terma jamoa 1 yilda 4 marta yiğiladi, uslub bkr xil bôlishi uchun Katanes yordamchilari yoshlar õsmirlar olimpiya jamoalariga murabbiy bölishi kerak, Abramov bosh murabbiy bôlsa yoshlarga M. Miftaxuddinov degani yoki Babayan bosh murabbiy bólsa yoshlarni G. Kolosovskiylarga berish kerak shunda milliy jamoa bilan bir xil taktika qilsa bôladi 4-3-3 mi yo 4-4-3 mi farqi yoq. Terma jamoada bu juda qiyin.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика