Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 8-tur statistikasi!
14 may 2014 13:20
Yangiliklar
Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 8-tur statistikasi!
7-8 may kunlari birinchi liganing “sharq” mintaqasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muxlislar bir qator qiziqarli va shu bilan birga keskin kurashlarga boy kechgan bahslarga guvoh bo'ldi. Odatdagidek turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“LOKOMOTIV-BFK”GA TEXNIK MAG'LUBIYAT
8-turdagi o'yinlarga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, CHustda mahalliy “CHust-Paxtakor” Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochgan mezbonlar yakunda javob to'pini o'tkazib yuborib 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. O'z uyida qimmatli ikki ochko yo'qotgan “CHust-Paxtakor” negadir bu mavsum o'zini ko'rsata olmayapti. Bu ketishda jamoa hattoki keyingi bosqichga ham chiqishi dargumon. Bu esa bosh murabbiy Vitaliy Legayni xushyorroqqa chaqiradi. Jafar Irismetov boshqaruvidagi “bankirlar” esa turdan-turga kuchayish qilmoqda. Jamoa 8-turdan so'ng turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Toshkent kichik derbisi maqomini olgan “Lokomotiv-BFK” – Oq-tepa” uchrashuvi gollarga boy tarzda kechdi. Stadionga kelgan muxlislar birinchi bo'limning o'zida 5ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi taymda esa yana 4ta gol urilgan. Lekin yaqinda PFL “Lokomotiv-BFK”ning 5:4 g'alabasini bekor qilib, “Oq-tepa”ga texnik g'alaba yozdi. Buning sababi sifatida “Lokomotiv-BFK” tarkibida sariq kartochkalari 4taga etgan Sarvar Safarov o'ynagan va uchrashuvdagi birinchi golni ham aynan ushbu futbolchi urgan.
“Qo'qon-1912” oliy liga sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda. Jamoa ortda qolgan turda “Paxtakor-2”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozonib turnir jadvalidagi o'rnini mustahkamladi.
Andijonning “UzDongJu” jamoasi bu turda kutilmaganda “Istiqlol”ga ochko ulashib yubordi. O'z maydonida osonlikcha mag'lub bo'lmaydigan klub 8-turga kelib pskentliklardan mag'lubiyatga uchradi.
Birinchi liga jamoalari orasida bu yil barqaror o'yin ko'rsatayotgan “Xotira-79” mazkur turda “Obod” mehmoni bo'ldi va o'zi uchun kerakli bo'lgan uch ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Tarkib jihatdan barqaror bo'lgan uychiliklar shunga monand natija ko'rsatmoqda.
“Bunyodkor-2” – “Kosonsoy” bahsi juda ham qiziqarli ruhda o'tgani aniq. Negaki bu uchrashuvda jami 8ta gol qayd etilgan. Futbolning ko'rki esa albatta gollardir. Etibor bering maydon egalari shu kuni hakam tomonidan qo'shib berilgan 4 daqiqa ichida ikkita gol urib “Kosonsoy”ni g'alabadan mahrum eta oldilar. Bunaqasi ko'pincha Angliya premer ligasida kuzatilardi. Lekin bizning birinchi ligada ham shunday xolatlar ko'p uchramoqda. So'nggi daqiqada urilgan gollar tabiiyki muxlislarni ham katta hayajon ostida ushlab turadi. “Bunyodkor-2” – “Kosonsoy” 4:4.
GOLLAR
* 8-turda bo'lib o'tgan 7ta o'yindagi gollar soni(“Lokomotiv-BFK” – Oq-tepa” bahsidagi gollar bekor qilingan – I.R) 17tani tashkil etdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 2,42tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar bu turda hammasi bo'lib, 9ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uyda eng ko'p gol urgan jamoa “Bunyodkor-2” bo'ldi, 4ta!
* Mehmon jamoalar hisobiga esa 8ta gol yozildi. Undan 4tasini “Kosonsoy” futbolchilari urishga erishdi.
* Turning eng tezkor goli 9-daqiqada yuz berib, unga “Qo'qon-1912” hujumchisi Umid Qodirov mualliflik qildi.
* Aksincha turning eng so'nggi golini “Bunyodkor-2” futbolchisi Nodir Mavlonov 90+4-daqiqada kiritgani bilan esda qoldi!
* Mazkur turda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan jamoa “Qo'qon-1912” va “Xotira-79” bo'ldi!
* SHuningdek ushbu turda dublga erishgan futbolchilar soni 4tani tashkil etdi. Ular quyidagilar:
Dilshod Ahmadaliev (“Bunyodkor-2”)
Davron Isoqov (“Kosonsoy”)
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”)
Umid Qodirov (“Qo'qon-1912”)
* Etiborlisi ushbu futbolchilarning jamoasi bu turda mag'lubiyatga uchramagan!
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISHLAR
* Ushbu turda qayd etilgan sariq kartochkalar haqida to'xtaladigan bo'lsak, hakamlar jami 27 nafar futbolchini sariq bilan siylagan! Bu har bir uchrashuvga o'rtacha miqdorda, 4,5tadan ogohlantirish demakdir!
* Mezbon jamoalarning 13ta o'yinchisiga sariq ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 14ta sariq kartochka mehmon jamoalar hisobiga yozilgan!
* Etiborlisi “UzDongJu” va “Xotira-79” jamoalari 8-turni ogohlantirishlarsiz o'tkazdi!
* “Bunyodkor-2” – “Kosonsoy” bahsida eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan. Har ikkala jamoaan 4tadan futbolchi ogohlantirilgan!
MUXLISLAR
“SHarq” mintaqasining 8-tur o'yinlariga jami 8794 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 1465tadan muxlis kirganini anglatadi! Albatta bu juda ham oz natijadir.
Turning eng ko'p tomoshabin to'plagan o'yini Qo'qon-1912 – Paxtakor-2 – 3:0 bahsi bo'ldi. Qo'qondagi stadionga ushbu uchrashuvni ko'rish uchun 7231ta tomoshabin qadam ranjida qilgani o'yin qadnomasida ko'rsatib o'tilgan.
Aksincha ushbu turda eng kam ishqiboz kirgan o'yin Bunyodkor-2 – Kosonsoy bo'ldi. 4:4 hisobida yakunlangan uchrashuvga atiga 41 nafar tomoshabin tashrif buyurgan!
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
CHust-Paxtakor – NBU-Osiyo – 1:1. 621 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – Oqtepa – - : +. 44 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Paxtakor-2 – 3:0. 7231 tomoshabin.
Uz-Dong-Ju – Istiqlol – 1:2. 723 tomoshabin.
Obod – Xotira-79 – 0:1. 134 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – Kosonsoy– 4:4. 41 tomoshabin.
8-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
TO'PURARLAR:
Isroil Tursunov (“Istiqlol”) – 7ta.
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) – 6ta.
Davron Isoqov (“Kosonsoy”) – 5ta.
Farhod SHokirov (“CHust-Paxtakor”) – 5ta.
Islombek Isoqjonov (“Xotira-79”) – 5ta.
9-TURDA UCHRASHADILAR
14 may (chorshanba)
“Xotira-79” – “CHust-Paxtakor”
“Kosonsoy – Lokomotiv-BFK”
“Istiqlol – “Bunyodkor-2””
“Paxtakor-2” – “Obod”
15 may (payshanba)
“Oq-tepa” – “Qo'qon-1912”
“NBU-Osiyo” – “Uz-Dong-Ju”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

1 |
QO'QON-1912 (Qo'qon) |
8 |
5 |
3 |
0 |
15-3 |
18 |
2 |
OQTEPA (Toshkent) |
8 |
5 |
1 |
2 |
13-8 |
16 |
3 |
XOTIRA-79 (Uychi) |
8 |
5 |
1 |
2 |
11-6 |
16 |
4 |
NBU-OSIYO (Toshkent) |
8 |
4 |
1 |
3 |
11-9 |
13 |
5 |
KOSONSOY (Kosonsoy) |
8 |
4 |
1 |
3 |
17-14 |
13 |
6 |
OBOD (Toshkent) |
8 |
4 |
0 |
4 |
12-11 |
12 |
7 |
UZ-DONG-JU (Andijon) |
8 |
4 |
0 |
4 |
12-11 |
12 |
8 |
ISTIQLOL (Toshkent) |
8 |
3 |
1 |
4 |
13-18 |
10 |
9 |
BUNYODKOR-2 (Toshkent) |
8 |
2 |
2 |
4 |
10-13 |
8 |
10 |
CHUST-PAXTAKOR (CHust) |
8 |
2 |
1 |
5 |
8-14 |
7 |
11 |
LOKOMOTIV-BFK (Toshkent) |
8 |
1 |
3 |
4 |
4-9 |
6 |
12 |
PAXTAKOR-2 (Toshkent) |
8 |
1 |
2 |
5 |
5-15 |

Fikrlar