Birinchi liga g'olibi bo'lgan "Nasaf farm" Pro ligada ishtirok etmaydi
23 dek 2024 13:05
Yangiliklar


Birinchi liga g'olibi bo'lgan "Nasaf farm" Pro ligada ishtirok etmaydi
"Nasaf farm" jamoasi Birinchi liganing g'arbiy mintaqasini peshqadam sifatida yakunlab, Toshkent mezbonlik qilgan pley-off o'yinlariga yo'llanma olgandi.
Pley-off bosqichida qarshiliklar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda Birinchi liganing bosh sovriniga ega chiqdi. Bu bilan "Nasaf farm" jamoasida Pro liga musobaqasida ishtirok etish imkoniyati paydo bo'ldi.
Biroq "Nasaf" o'z farm jamoasi 2025 yilgi mavsumni ham Birinchi ligada o'tkazishini Ligaga malum qildi va Pro ligada ishtirok etmaslikka qaror qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar