So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  23 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  3 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  107 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Birinchi liga. "Dinamo" safarda "G'ijduvon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Birinchi liga. "Dinamo" safarda "G'ijduvon"ni mag'lub etdi

Teglar :  DinamoG'ijduvon
Birinchi Liga 20-turi doirasida G'ijduvonda mahalliy jamoa mehmoni bo'lgan Dinamo jamoasi safardan g'alaba bilan qaytdi.
O'tgan turda Buxoro viloyatining Nurafshon jamoasini mag'lub etgan vakillarimiz bu safar G'ijduvonga imkoniyat qoldirishmadi.

Avvalgi o'yindagidek uchrashuvni ikki hujumchi bilan boshlagan samarqandliklar aynan hujum chizig'i vakillarining gollari evaziga dastlabki taymdayoq o'yin taqdirini hal etib qo'yishdi. Dastlab 15-daqiqada Viktor Klishin hisobni ochgan bo'lsa, o'yinning 25 va 42-daqiqalarida yosh hujumchi Amirjon Safarov dublga erishib, Dinamoning tanaffusga 0:3 hisobdagi g'alaba bilan chiqib ketishini taminladi.

Ikkinchi bo'lim oldidan natija yirik ko'rinishda bo'lsada, mezbon futbolchilar tanaffusdan so'ng katta ishtiyoq bilan maydonga tushishdi va peshqadam jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Natijada xorazmlik futbolchi Ilyos Xayrov 65-daqiqada hisobni qisqartirishga erishgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas bosh hakam Dinamo darvozasi tomon penalti belgiladi. Jasur Otajonov esa 11 metrlik nuqtada adashmadi, 2:3.

Ikki goldan keyin mezbonlar muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ostida hujumkorlikni oshirgan bo'lishsada, tajriba bobida ustun bo'lgan Dinamo jamoasi yakunda g'alabani boy bermadi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan tezkor yarimhimoyachi Doston Ibragimovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun o'yinning 88-daqiqasida belgilangan penaltini tajribali yarimhimoyachi Alisher Xoliqov golga aylantirib, Samarqanddan G'ijduvonga etib kelgan Dinamoning ashaddiy muxlislarini ortga xursand qaytishlarini taminladi, 2:4.

Ushbu g'alabadan keyin Dinamo turnir jadvalidagi o'rnini mustahkamlab peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoa navbatdagi o'yinni 20 avgust, shanba kuni Samarqandda Lokomotiv-BFKga qarshi o'tkazadi.

Birinchi Liga. 20-tur.

15 avgust (dushanba)

G'IJDUVON - DINAMO - 2:4 (0:3)

Gollar
: Ilyos Xayrov 65, Jasur Otajonov penaltidan 66 – Viktor Klishin 15, Amirjon Safarov 25, 42, Alisher Xoliqov penaltidan 88.

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Ubaydullo Nabiev, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Aleksey Nikolaev, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov, 61), Saidjamol Davlatjonov (Hakimxon Alamxonov, 88), Jonibek Ko'chimov (Doston Ibragimov, 46), Amirjon Safarov (Asomiddin Mamatov, 52), Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46).
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика