So’nggi yangiliklar

14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  2 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  0 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  5 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  5 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   21 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  12 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  3 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  9 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2

Birinchi davra yakunlari. Olmaliq Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. Olmaliq

Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etdi va ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rishmoqda.
Biz yuzaga kelgan oraliq tanaffusdan foydalangan holda oliy liga klublarining birinchi davradagi ishtirokini tahlil qilishda davom etamiz. Quyida 5-o'rinda borayotgan “Olmaliq” haqida to'xtalamiz. Toshkent viloyati jamoasining o'zbek futbolida o'z o'rni bor. Igor SHkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” asosan o'yinchi etkazib berish va kuchli jamoalarga boshog'riq bo'lishi bilan nom qozongan. Jamoa birinchi davrani o'ziga xos tarzda o'tkazdi. O'tgan yil chempionatni beshinchi o'rinda tugatgan olmaliqliklar bu mavsum ham kamida beshinchi o'rin uchun kurash olib borishmoqda. Buning uchun jamoada moliyaviy mablag' ham, o'yinchilar ham, salohiyat ham etarli.



NIMANI KUTGANDIK?
Aytib o'tganimizdek, “Olmaliq”dan muxlislar kamida o'tgan yilgi natijani kutishmoqda. Yil boshida klub safiga kelib qo'shilgan bir nechta futbolchining jamoaga tezda kirishib ketishi kutilgandi. SHunday bo'ldi ham. “Olmaliq” birinchi davrada yakdil jamoa bo'la oldi-yu, ammo natijalari bilan ikki xil taassurot qoldirdi. Jamoa bazi o'yinlarda ishonchli harakat qilgan bo'lsa, bazi uchrashuvlarda o'z o'yinini namoyish eta olmadi. Lekin mavsumning birinchi yarmini beshinchi o'rinda tugatish yomon natija emas. Ikkinchi davrada “Olmaliq”ning asosiy raqobatchisi “Mashal” bo'ladi, chunki muborakliklar ham beshinchi o'rin uchun kurashishmoqda.

NIMAGA ERISHILDI?
“Olmaliq” o'tgan yil birinchi davrani 6-o'rinda tugatgandi. Ko'rsatkichlar bir xil: o'tgan yil ham, bu mavsum ham jamoa dastlabki 13 bellashuvdan 5tasida g'alaba qozondi, to'rt bor durang o'ynab, to'rtta uchrashuvda yutqazdi. Faqat jamoa o'tgan yil 20ta gol urib, 15ta o'tkazib yuborgan ekan. Bu yil esa 17ta to'p kiritib, shuncha o'tkazdi. Igor SHkvirin shogirdlari mavsumni yaxshi boshlashdi. Jamoa dastlabki to'rt turda mag'lubiyatga uchramadi. Toshkentda “Bunyodkor” bilan durang o'ynadi. Lekin keyinchalik “Paxtakor” va “Lokomotiv” darvozasiga to'p kirita olmasdan mag'lubiyatga uchradi. Ayniqsa “Lokomotiv”ga qarshi o'yindagi 0:3 hisobi umuman kutilmagan bo'ldi. “Olmaliq”ning ikkinchi bo'limda o'yini sira qovushmadi. Jamoa O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini chorak finalda to'xtatdi. Birinchi davraning oxirgi ettita uchrashuvida atigi ikki bor zafar quchdi.



KUCHLI TOMONI
“Olmaliq” hozircha 17 bor to'p kiritib, yana shuncha o'tkazib yubordi. Xo'sh, jamoaning kuchli tomoni nimada bo'lishi mumkin? Har holda darvozada deya olmaymiz. CHunki har ikkala darvozabon birinchi davrada bir qator xatolarga yo'l qo'yishdi. Markaziy himoya borasida ham tayinli fikr bildirish qiyin. Faqat yarim himoyani biroz maqtasak bo'ladi. SHunda ham Aleksandr Alimpievich bilan SHakir Zuagi tushgan o'yinlarni. CHunki bu ikki futbolchi jamoaning markaziy himoyasini kuchaytira oldi. SHuningdek, qanotlar ham faol bo'lishga harakat qildi. Jamoaning birinchi davrada o'ng va chap qanot himoyasi yaxshi taassurot qoldirdi. Qanot yarim himoyachilariga esa ko'pincha ishonch etishmadi.

KUCHSIZ TOMONI
Jamoaning ojiz nuqtasi birinchi navbatda darvoza chizig'ida ekanligi ko'zga tashlandi. Bosh murabbiy Igor SHkvirin avvalo asosiy tarkibga kim loyiqligini aniqlay olmadi. Natijada Umid Xonimqulov navbati bilan ettita, Maqsatmurot SHomurodov esa oltita bellashuvda jamoa darvozasini qo'riqladi. SHunday bo'ldiki, “Olmaliq” bazi gollarni juda g'alati tarzda o'tkazib yubordi. Bundan tashqari, markaziy himoyachilar ham o'zlarini to'liq ko'rsata olishmadi. Hujum chizig'i ham juda bo'sh harakat qildi.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
O'zini ko'rsatgan futbolchilar qatoriga birini navbatda SHakir Zuagi bilan Aleksandr Alimpievichni tilga olsak arziydi. CHunki bu ikki legioner jamoaning mahalliy o'yinchilaridan kuchli ekanligini isbotlay oldi va ular ishtirok etgan uchrashuvlarda jamoaning o'yini chiroyli chiqdi.

Qanot himoyachilaridan Abduqahhor Hojiakbarov va Azamat Isroilov ham yaxshi taassurot qoldirishdi. SHuningdek, Obid Jo'raboev ham harakatchanligi bilan ajralib turdi. Yosh futbolchi Diyor Turopov 10ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urishning uddasidan chiqdi. Qolaversa, milliy terma jamoaga taklif etildi.
 
KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
“Olmaliq”da o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar ham talaygina ekan. Birinchi navbatda jamoaning o'tgan yilgi to'purari Zafar Polvonov ko'plab tanqidlarga duchor bo'ldi. U birinchi davrada atigi bitta gol urdi. SHavkat Mullajonov o'rtacha o'yin ko'rsatdi. Sanjar SHoahmedovni esa unchalik taniy olmadik. O'tgan yil bu futbolchi yaxshi taassurot qoldirgandi. Lekin bu yil negadir pasayish yuzaga keldi. Turkmanistonlik darvozabon Maqsatmurot SHomurodovdan ham omad yuz o'girdi. Umid Xonimqulov-ku mayli, o'zimizning o'yinchi, lekin legioner degani sal o'ziga ishongan bo'lishi kerak. Maqsatmurotda aynan shu narsa ko'zga tashlanmadi. SHuningdek, Doston Abdurahmonov ham ko'pchilikni hayron qoldirdi. U kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. “Neftchi”dan taklif etilgan Iqbol Akramov esa jamoa o'yiniga sira qovushib keta olmadi. Natijada murabbiy uni atigi beshta bahsda maydonga tushirdi.



XULOSA
Xulosa shuki, “Olmaliq” natija bo'yicha o'tgan yilgi ko'rsatkichni qayd etgan bo'lsa-da, o'yin tomonlama kuchaygan deya olmaymiz. Aksincha, jamoa o'yinida pasayish yuzaga kelgandek. O'tgan va undan avvalgi yillari “Olmaliq” futbolchilari maydonda xuddi motorga o'xshab harakat qilishardi. Bu yil esa kimdir yugursa, kimdir yurib futbol o'ynayapti. Jamoaning o'yin uslubida yakdillik yo'qolib qolgandek. Kubokdagi natijaga qarang: safarda “Bunyodkor” bilan durang, lekin uyda yirik hisobdagi mag'lubiyat. Jamoa o'yinchilari shunchalik o'zlariga ishonib yuborishyaptimi yoki ketma-ket ikki-uch o'yinni yuqori saviyada o'tkazish darajasini yo'qotib qo'yishdimi?
Yana qaytarib aytamiz, qo'lga kiritilgan natijalar bo'yicha “Olmaliq” chakki emas, ammo ko'rsatgan o'yini bilan ko'pchilikni ajablantirdi. Faqat ayrim futbolchilarning individual xatti-harakatlari evaziga “Olmaliq” birinchi davrani beshinchi o'rinda tugatdi.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 17
Uyda urilgan gollar – 14
Safarda urilgan gollar – 3
O'tkazib yuborilgan gollar – 17
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 7
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 10
Uydagi ochkolar – 17
Safardagi ochkolar – 2
Eng yirik g'alabasi - 4:2 (“So'g'diyona”)
Eng alamli mag'lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”)
Sariq kartochkalar – 21
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 20



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabonlar
Umid Xonimqulov - 7 o'yin
Maqsatmurot SHomurodov - 6 o'yin

Himoyachilar
SHavkat Mullajonov - 13 o'yin, 0 gol
Azamat Isroilov - 13 o'yin, 0 gol
Abduqahhor Hojiakbarov - 11 o'yin, 0 gol
Darko Stanoevich - 11 o'yin, 0 gol
Obid Jo'raboev - 10 o'yin, 2 gol
Sarvar Jo'raev - 5 o'yin, 0 gol
Timur Kagirov - 2 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Sanjar SHoahmedov - 12 o'yin, 0 gol
Dilyaver Abibullaev - 12 o'yin, 2 gol
Aleksandr Alimpievich - 11 o'yin, 3 gol
Zohir Pirimov - 11 o'yin, 0 gol
SHakir Zuagi - 10 o'yin, 1 gol
Diyor Turopov - 10 o'yin, 4 gol
Doston Abdurahmonov - 8 o'yin, 0 gol
Iqbol Akramov - 5 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Zafar Polvonov - 11 o'yin, 1 gol
SHerzod Hakimov - 11 o'yin, 4 gol
SHarif Mirzaev - 1 o'yin, 0 gol

Xayrulla Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика