So’nggi yangiliklar

12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  0 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  0 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  20 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Албанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  4 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  6 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  25 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  3 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2

Bir o'yin tarixi. OFK kubogi-2009. Yuriy Coyning qahramonligi, "Neftchi"ning penaltilar seriyasidagi g'alabasi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. OFK kubogi-2009. Yuriy Coyning qahramonligi, "Neftchi"ning penaltilar seriyasidagi g'alabasi

2009 yilgi OFK Kubogi musobaqasida Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi Farg'onaning "Neftchi" klubi O'zbekiston oliy ligasida uchinchi o'rin sohibi sifatida ishtirok etgan.

Jamoamiz "A" guruhida "Busaytin" (Bahrayn), "Al Ahad" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublari bilan kurash olib boradi.

Farg'onaliklar 6ta o'yindan 11 ochko to'plab "Busaytin" (12 ochko) bilan birga keyingi bosqichga chiqishadi.

Nimchorak final bahslari o'sha paytda bitta o'yindan iborat bo'lardi. "Neftchi" guruhda ikkinchi bo'lgani uchun "E" guruhida birinchi o'rinni olgan Suriyaning "Al Majid" klubi mehmoni bo'ldi.

26 may oqshomida bo'lib o'tgan bahsning asosiy hamda qo'shimcha taymlarida jamoalar gol ura olishmaydi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi kerak bo'ldi.

Futbol lotoreyasida "Neftchi" posboni Yuriy Coy raqibning ikki zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lib qahramonga aylangan edi. Farg'onaliklar penaltilar seriyasida 3:1 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqishgan.

Keyingi bosqichda Gonkongning "Saut CHayna" klubiga qarshi uy-safar uchrashuvlari o'tkazilgan. Farg'onada kechgan bahsda Sarkisyan jamoasi 5:4 hisobida g'alaba qozongan. Javob bahsida "Saut CHayna" 1:0 hisobida g'alaba qozonadi va safardagi gol qoidasiga ko'ra yarim finalga yo'l oladi.



OFK Kubogi-2009. 1/8 final
"Al Majid" (Suriya) - "Neftchi" (O'zbekiston) 0:0 (penaltilar seriyasi 1:3)
26.05.2009. Damashq. "Abbosiyon" stadioni. 6000 tomoshabin.

“Neftchi”:
16. Yuriy Coy, 2. Akmal Xoliqov, 18. Islom To'xtaxo'jaev, 13. Muhsin Nizomiddinov, 24. Asqarjon Muhitdinov, 27. Sardor Mirzaev (17. Umidjon Boqiev, 87), 23. Sanjar Asqaraliev, 7. Mansurjon Saidov, 6. Baxtiyor Yoqubov, 22. Iqbol Akramov, 26. Alisher Holiqov (19. SHerzod Hakimov, 87).
Zahira: 1. Hislat CHilmatov, 5. Nasim SHoimov, 8. SHukur Jumaboev, 10. Anvar Berdiev, 15. Temur Mukmenov.

Penaltilar seriyasida "Neftchi" safida zarba berganlar:

1.Umidjon Boqiev - gol
2.Islom To'xtaxo'jaev - darvozabon qaytargan
3.Akmal Xoliqov - gol
4.Muhsin Nizomiddinov - gol



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика