So’nggi yangiliklar

20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  1 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  78 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  5 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 3:2. Terma jamoamiz tarixidagi eng chiroyli kambek qanday yuz bergan? Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 3:2. Terma jamoamiz tarixidagi eng chiroyli kambek qanday yuz bergan?

O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng chiroyli kambekni yodga olamiz

Tarixda millionlar o'yinida bu kunda ajoyib bahslarga guvoh bo'lganmiz. Hususan, O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2006 saralash bosqichidagi eng yorqin va esda qolgan Quvaytga qarshi kechgan uchrashuvi ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. 

Germaniya yashil maydonlarida bo'lib o'tishi kutilgan mundial saralashida terma jamoamizni uch nafar murabbiy boshqaradi. Bular Yurgen Gyode, Ravshan Haydarov, Bob Xouton. Guruhimizdan kuchsiz bo'lmagan jamoalar o'rin olgandi. Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Quvayt. 

Birinchi turda Saudiya Arabistoni bilan o'z maydonimizda durang o'ynagandik. So'nggi daqiqalarda Anvar Soliev bizni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Ikkinchi turda safarda darajasi biznikidan pastda bo'lgan Kuvaytga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz. Oldinda kutayotgan Janubiy Koreya bilan ikki bahsda koniqrli natija qayd etilmagach germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyodega chiqish eshiklari ko'rsatiladi. 

Ravshan Haydarov murabbiy sifatida boshlab tushgan bahsda Saudiyadan yirik 0:3 hisobida mag'lubiyat bilan qaytganimizdan so'ng O'zbekiston futbol federaciyasi rahbarlari murabbiylik postiga angliyalik Bob Houtonni tayinlashadi.

Uning oldiga jamoani qutqarish vazifasi qo'yiladi. Xoutonning termadagi ilk uchrashuvi Quvayt terma jamoasi bilan hayot-mamot jangiga to'g'ri kelgandi. 

G'alaba boshqa har qanday natija Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yo'qotishga sabab bo'lardi. Kuchli bosim va hayajon bilan maydonga chiqqan futbolchilarimiz birinchi bo'limda o'z o'yinlarini yo'qotib qo'ishadi va bu tablodagi hisobda ham aks etdi. 16-daqiqada quvaytliklar etakchisi Badir Al Mutva, 31-daqiqada Bashar Abdulazizning gollariga 41-daqiqada Server Jeparov penaltidan gol urib javob qaytaradi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga 1:2 hisobi bilan yo'l olishadi. Ikkinchi bo'limning 62 daqiqasida Maksim Shackix ajoyib gol bilan muvozanatni tiklaydi. 76 daqiqada terma jamoamizning o'sha vaqtdagi “sehrli tayoqcha”si Anvarjon Soliev g'alaba to'pini kiritadi,3:2. Mazkur muvaffaqiyat termamizning mundial sari yurishini davom ettirishga sabab bo'ladi. 

Biroq, pley-offda Bahrayn to'sig'idan o'ta olmagandik. Amaldagi shartnomaga muvofiq Xouton istefoga chiqariladi, ko'plab futbolchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashadi. Islohotlar va o'zgarishlar davri boshlanadi. Ammo, barcha muxlislar ushbu bahsni o'zgacha xotirlashadi. Chunki, bunda o'yinchilar haqiqiy iroda ko'rsatishgandi. 

JCH-2006 saralashi. 

O'zbekiston – Quvayt 3:2 (1:2, 2:0)

17.08.2005. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 40000 tomoshabin.

Bosh hakam: Subhiddin Solix

Gollar: Badir Al Mutva 16, Bashar Abdelaziz 31, Server Jeparov 41, Maksim Shackix 62, Anvar Soliev 76.

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Asror Aliqulov, Fevzi Davletov(Marat Bikmaev), Aleksey Nikolaev, Nikolay Shirshov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Viktor Karpenko(Vladislav Kiryan), Maksim Shackix, Aleksandr Geynrix(Anvar Soliev)

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - KXDR 1:0 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 2:1 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. Baqoevning benefisiga aylangan bahs yoxud O'zbekiston - Iordaniya 2:1

Video. Bir o'yin tarixi. Sardor Rashidovni Osiyoga tanitgan bahs: O'zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:1

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика