So’nggi yangiliklar

00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  1 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2 23:07"Челси" Санчонинг МЮга қайтганини эълон қилди. Лондонликлар футболчини тўлиқ сотиб олмагани учун 5 млн евро тўлашади  3 22:44"Реал Мадрид"нинг Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномаси маълум  5 22:36Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Чилини мағлубиятга учратди  14 22:02Мирко Еличич: "Жамоам ҳақиқий футбол намойиш этганидан хурсандман"  0 21:47"Манчестер Сити" Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномасини эълон қилди  6 21:09"Реал" эртага Трент учун таништирув маросими ўтказади  1 20:45"Ливерпуль" Нуньес учун 70 миллион евро сўрамоқда. Ҳужумчига Испаниядан таклиф бор  2 20:23Де Брюйне пайшанба куни "Наполи" учун тиббий кўрикдан ўтади  1 19:55Про лига. “Арал" меҳмонда "Олимпик"ни таслим қилди  1 19:37Скалони : "Энцо четлатилганидан кейин ҳам Аргентина босимни давом эттирди. Жамоа кучини текшириш учун жуда яхши имтиҳон бўлди"  1 18:45"Реал" ижтимоий тармоқларда энг оммабоп клуб, "Барса" – 2-ўрин, МЮ – 3-ўрин, ПСЖ – 4-ўрин...  8

Bir o'yin tarixi. Abramovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud Nishimuraning hurmacha qiliqlari Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Abramovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud Nishimuraning hurmacha qiliqlari

Oraliqda yuzaga kelgan tanaffus tufayli bir o'yin tarixi loyihasi orqali terma jamoamizning tarixdagi o'yinlarini etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH–2014 saralash raundining ikkinchi bosqchida Yaponiyani ikkinchi tarkib bilan safarda mag'lub etgan terma jamoamizdan qolgan kuchli jamoalardan ham ochko olishiga umid qilsa bo'lardi. Bunga ishqibozlar astoydil ishonardilar. Ammo, bular bizning hal qiluvchi bosqich oldidan g'alabaga chorlovchi fikrlarimiz edi xolos.

Vadim Abramov shogirdlarini oldinda yana bir jiddiy sinov kutardi. Yakuniy saralash bahslaridan oldin tashlangan qura bizga Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Livan kabi jiddiy raqiblarni taqdim qildi. Mundialga yo'l olish uchun esa kurash yanada qizg'in kechishini taxmin qilish mumkin edi. Ayni paytga kelib terma jamoa azolari yuqori sport formasiga kirib bo'lgan, o'zaro tushunish yaxshi darajaga kelgandi. Qatardagi Osiyo kubogidan so'ng jamoa yanada jipslashdi, shakllandi. Avvalgi bosqichda 2010 yilgi mundial qatnashchisi KXDR ikki bor taslim etilgan, kun chiqar yurt vakillaridan ikki uchrashuvda ham ochko olishga erishilgandi. SHuning uchun birinchi turdan o'rin olgan Eron bilan o'yindan oldin imkoniyatlarimiz balandek ko'rindi.


Ammo, forslar ham portugaliyalik murabbiy Karlos Keyrush qo'l ostida avvalgiga qaraganda bir muncha kuchaygandi. 2012 yil 3 iyul kuni Eron poytaxtimizdagi “Jar” stadionida mehmon bo'ldi. Mazkur bellashuvni boshqarish uchun OFK hakamlar qo'mitasi Yuichi Nishimurani tayinladi. Yaponiyalik referi 2011 yilgi Osiyo Kubogi ochilish o'yinida Qatar - O'zbekiston bahsida ham ishlagandi.

Tarkibimizdagi ayrim etakchi futbolchilar shu kuni bizga yordam bera olishmasdi. Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Islom To'xtaxo'jaev, Vagiz Galiulin va SHavkat Mullajonov kabi futbolchilar OFK tomonidan diskvalifikaciya qilingan edi. Sardorlik bog'ichi Odil Ahmedovga ishonib topshirildi.


Dastlabki daqiqalardan boshlab terma jamoamiz ustunlikni qo'liga olishga intildi. Ayniqsa, uchrashuvning birinchi yarmida juda yaxshi o'yin namoyish qilishganini aytib o'tish joiz. Ketma-ket hujumlar uyushtirildi. Gol ursa bo'ladigan vaziyatlar yuzaga keldi. Xatto, yarim himoyachi Odil Ahmedov tomonidan berilgan kuchli zarbadan so'ng to'p raqib darvoza chizig'ini kesib o'tgandi. Biroq, hakam Nishimura va uning yordamchilari haqqoniy golni hisobga olishmadi. SHuningdek, yana bir vaziyatda eronliklar jarima maydonchasi ichida to'pni qo'l bilan o'ynadi. Lekin, hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qilish o'rniga noto'g'ri qaror chiqardi.


Durang bilan tugashi kutilayotgan bahsning so'ngi daqiqalarida Stanislav Andreev qanotidan tezlik bilan oldinga o'tgan Eron o'yinchilari to'pni Muhammadrizo Xalatboriga uzatadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi Nesterov darvozasini ishg'ol qiladi - 0:1. Natija adolatsiz edi. Boz ustiga hakamning hurmacha qiliqlari o'yinga tasirini o'tkazmasdan qolmadi. O'zbekiston futbol Federaciyasi rahbarlari shu kuniyoq bosh murabbiy Vadim Abramovni ishdan olishadi. SHoshilinch qaror chiqargan mutasaddilar bo'shab qolgan lavozimga Mirjalol Qosimovni tayinlashadi. Istefodan so'ng ayrim futbolchilar Mirabror Usmonovga Abramovni bo'shatmaslik haqida murojaat qilishadi. Toqati toq bo'lgan mutasaddilar hech nimani inobatga olishmaydi. Aslida Abramovning istefosiga olimpiya terma jamoasi bilan BAAdan uchralgan alamli mag'lubiyat zamin yaratgandi. CHunki, unda g'alaba yoki durang Olimpiadaga borish uchun etarli bo'lardi. Lekin, 2:0 hisobida oldinda borayotib 2:3 natijasida mag'lub bo'lgandik. Erondan qabul qilib olingan mag'lubiyat esa yakunda barchasiga nuqta qo'yadi.



JCH – 2014 saralash. “A” guruh 1-tur.
03.06.2012. “JAR” stadioni. 9000 tomoshabin.
O'zbekiston – Eron. 0:1
Hakam:
Yuichi Nishimura(Yaponiya)
Gol: Muhammadrizo Xalatbori 90+3
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Viktor Karpenko (Marat Bikmaev, 52), Jasur Hasanov (Lutfulla To'raev, 68), Jasur Hasanov (Ulug'bek Baqoev, 87), Aleksandr Geynrix.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика