So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  0 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  7 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Bir o'yin tarixi. 9 ta gol urilgan va FIFAni shubhalantirgan "So'g'diyona" - "Metallurg" uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 9 ta gol urilgan va FIFAni shubhalantirgan "So'g'diyona" - "Metallurg" uchrashuvini yodga olamiz

Jizzaxda o'tkazilgan bellashuv 9 yil avval sodir bo'lgandi.

Bugun Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" — "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Yangi mavsumning boshlanishi ikkala jamoa uchun ham omadsiz keldi. Natijada ilk turlardanoq klublarning bosh murabbiylariga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Bekobodliklar ispaniyalik Luisma Ernandes o'rniga chernogoriyalik Vesko Steshevichni bosh murabbiy etib tayinlagan bo'lsa, Jizzax klubi Steshevichning vatandoshi Ivan Boshkovichni jalb etdi. Demak, bo'lajak to'qnashuvda nafaqat yangi, balki chernogoriyalik murabbiylar to'qnashuvining guvohiga aylanamiz. Mazkur bahs qizg'in ruhda o'tishi hech gap emas, chunki ikka jamoaga ham yangi nafas kirgan, murabbiylar o'z imzolarini dastlabki o'yindayoq namoyon etishga harakat qilishadi. 

Bulg'usi uchrashuv avvalida mazkur jamoalar o'rtasidagi yodda qolarli bo'lgan bahslardan biriga etibor qaratmoqchimiz. 2014 yilgi O'zbekiston Oliy ligasining 21-turida ikki jamoa ro'baro' keldi.

Hisob 2-daqiqadayoq Jasur Hakimov tomonidan ochildi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas SHuhrat Yo'ldoshev hisobni tenglashtirdi. 18-daqiqada Hakimov dublni rasmiylashtirdi. 34-daqiqada Sobir Hamidov hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Birinchi bo'lim shu hisobda yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limda yana oldinga borgan mezbonlar hisobning yirik ko'rinish olishini taminladi. SHundan so'ng bekobodliklar o'zida shijoat topib, ketma-ket uchta to'p kiritishga va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq 90-daqiqada Ayubxon No'monovning goli jizzaxliklarga uch ochko taqdim etdi.

Keyinchalik mazkur o'yin atrofida gap-so'zlar tarqaldi. Sababi "So'g'diyona" bundan ikki tur avval o'z maydonida "Navbahor"ni aynan 5:4 hisobida mag'lub etgandi. Aytishlaricha, bu uchrashuvlar FIFAning etiborini tortgan va bellashuv yozilgan diskni so'ragan.


"So'g'diyona" 5:4 "Metallurg"

Gollar: Jasurbek Xakimov (2, 18), Sobir Hamidov (34, penaltidan 56), Ayubxon No'monov (90) — SHuhrat Yo'ldoshev (5), Murod Toshmatov (59), Sunnat Ermatov (77), Sardor Rasulov (86)

"So'g'diyona": Aleksandr Melenchuk, Asiljon Begimqulov, Ilhom Komilov (Aleksandr Kablash, 18), Vusal Magerramov (Nodir Ibrohimov, 60), Suhrob Berdiev, Sardor Eminov, Sobir Hamidov, Orifjon Mamajonov, Ayubxon No'monov, Rustam Azamov, Jasur Hakimov (Sardor Qahhorov, 65)

Zaxira: Nodir Ashurmatov, Akmal Abdurahmonov, Botir Karimjonov, Rasul Hayitov

Murabbiy: Davron Fayziev

"Metallurg": Suhrob Sultonov, Saidkomil Akbarov, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Murod Toshmatov, Said Abdujabborov (Sardor Rasulov, 69), Maruf Murodov, SHohnazar Norbekov (Mirtura Akbarov, 65), Mirg'iyos Sulaymonov, SHuhrat Yo'ldoshev (Sunnat Ermatov, 60), Alisher Ziyovuddinov

Zaxira: Rahim Rahmonberdiev, Nozim Esonov, Sunnatillo Mamadaliev, Aziz Ibragimov

Murabbiy: Rustam Mirsodiqov

Ogohlantirish: Suhrob Sultonov (55)

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" — "Metallurg" o'rtasidagi bugungi bahs Zominda 15:30 da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика