So’nggi yangiliklar

07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  3 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   13 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  6 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  7 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0

“Bir futbolchi tarixi”. “Er shariga asteroid xavf solsa, uni to'xtatib qoladigan” Ngolo Kante haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. “Er shariga asteroid xavf solsa, uni to'xtatib qoladigan” Ngolo Kante haqida

Tvitter tarmog'ini kuzatayotib etiborimni quyidagi surat tortib qoldi.

Ha, siz bu kabi suratga o'xshashini ko'p ko'rgansiz. Gabriel Jezusning 2014 yilgi Jahon chempionati vaqti bo'yoqchilik qilib yurgani, 2018 yili esa aynan Jahon chempionatida o'zi ishtirok etgani yodingizda bo'lsa kerak. Aytgancha, suratdagi yigitni tanidingizmi? “CHelsi” va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi – Ngolo Kante. Kantening yoshligi qanday o'tgani, uning bugungi kungacha bosib o'tgan yo'li haqida so'z yuritishga qaror qildik. 


Ngolo Kante – kim o'zi u?

Kante 1991 yilning 29 mart kuni Franciya poytaxti Parij shahrida dunyoga kelgan. Ngoloning ota-onasi aslida, malilik bo'lgan, Malidan ko'chib kelgan. Otasi Kante 11 yoshga etganida vafot etdi. Kantening onasi farrosh bo'lib ishlab, 9 nafar farzandni tarbiyalagan. JCH-2018 oldidan esa qahramonimizning akasi – Niama yurak xurujidan vafot etdi. 


Klublardagi faoliyati haqida

U o'zining futboldagi ilk faoliyatini “Syuren” akademiyasida boshladi. 2010 yilda “Bulon” safiga ko'chib o'tdi. Ngolo Kante o'zining bolaligini eslab shunday degan edi: “Futbol maktabida osongina cho'qqiga chiqdim. Bungacha futbolga shunchaki, zavq olish manbaidek qarardim. Keyin murabbiylar meni noyob iqtidor sohibi sifatida tan olishgach, turli akademiyalar ko'riklarida qatnashishimga to'g'ri keldi. Garchi “Renn”, “Sosho” va “Amen” kabi klublar sinovida risoladgidek ko'rinsamda, birov jiddiy qiziqmadi. SHundan so'ng hali ancha ter to'kishim zarurligi, mendan-da iqtidorliroq bolalar ko'pligini tushundim”.

Asosiy tarkibdagi debyutini 2012 yilning 18 may kuni “Monako”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. 2012/13 yilgi mavsumda Liga 3 “Bulon”ning asosiy futbolchisiga aylana oldi. “2010 yili “Bulon” yoshlar jamoasi tarkibida oltinchi divizionda to'p surganman va rosa qiynalganim esimda. CHunki tezkor futbolga ilk marta duch kelgandim. Hammasini juda tez bajarish talab etilardi. Aksiga olib, jamoa tarkibiga qo'shilgan payt jarohatdan to'liq forig' bo'lmagandim. Xullas, qaysidir pallada hattoki, ikkilandim: “Yo'q, bu darajada o'ynashga qodir emasman”. Xayriyatki, o'sha murakkab davrni ham engib o'tdim va bu katta saboqdir” – degan edi Kante bergan intervyularining birida.

2013 yilning iyun oyida Kante Liga 2 jamoasi bo'lgan “Kanom” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. O'sha mavsumda chempionatda 38 o'yinda maydonga tushdi. Jamoasining Liga 1 ga chiqishiga hissa qo'shdi. 2014 yilning 9 avgust kuni mavsumning dastlabki uchrashuvida “Evian”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Liga 1 dagi debyutida to'p kiritishga han erishdi. 2014 yilning oktyabrida esa Kante jamoasi bilan shartnomasini 2018 yilga qadar uzaytirdi.

SHunday bo'lsa-da Kante mavsumning so'nggida jamoasini o'zgartirdi. 2015 yilning 3 avgust kuni “Lester” safiga 8 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Kanteni “Lester”ga skaut Stiv Uelsh tavsiya etgan. Biroq Klaudio Raneri futbolchining premer-ligada o'ynab ketishiga shubha bilan qaragan. 

APLdagi dastlabki golini 7 noyabr kuni “Uotford” jamoasiga urdi. Aynan o'sha mavsumda APLda “Lester ertagi” bo'ldi. “Lester” – APL chempioni! U jamoaning etakchisi edi. 

Mavsum yakunlangach Kantega turli TOP klublardan takliflar tusha boshladi. Futbolchi esa Londonga ko'chib o'tishni afzal bildi. 2016 yilning 16 iyul kuni 32 million funt evaziga “CHelsi” jamoasiga o'tdi. Jamoaga o'tgan mavsumida, yani 2016/17 yilgi mavsumda “CHelsi” APLda chempion bo'ldi. Ngolo esa qatorasiga ikkinchi yil (ikkinchi yilida boshqa jamoada) Angliya Premer ligasida chempion bo'ldi. Avvalroq bunday natijaga Karlos Teves (“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”), Eshli Koul (“Arsenal”, “CHelsi”), Henning Berg (“Blekbern”, “MYU”), Kolo Ture (“Arsenal”, “Manchester Siti”), Nikolya Anelka (“Arsenal”, “CHelsi”), Gael Klishi (“Arsenal”, “Manchester Siti”) va Robert Hut (“CHelsi”, “Lester”) erishgandi.

Aynan o'sha mavsumda Kante – jurnalistlar talqiniga ko'ra chempionatning eng yaxshi futbolchisi, “CHelsi”ning eng yaxshi futbolchisi va Franciyada ham yil futbolchisi bo'ldi. 

Aynan o'sha mavsum so'nggida unga boshqa jamoalardan ham takliflar tusha boshlagan edi. Hatto, futbolchi ketmasligi uchun jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga ham aylantirishdi uni. Ngolo hali hanuz “CHelsi” safida o'ynab kelmoqda.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

“Lester” safida ko'rsatgan yaxshi o'yinlaridan keyin Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kanteni terma safiga chorladi. Debyut uchrashuvini Gollandiya terma jamoasiga qarshi bo'lgan o'rtoqlik o'yinida o'tkazdi. Debyut golini esa 2016 yilning 29 mart kuni, Rossiya terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida urdi. Evro-2016 da termasi bilan birgalikda finalgacha qadar borgan bo'lsa, JCH-2018 da Jahon chempioni bo'ldi.


Ngolo Kante ismi haqida

Unga Ngolo so'zi qanday manoni anglatishi haqida so'rashganida “Mali qirollaridan birining ismi shunday bo'lgan. U quyi tabaqa vakillari orasidan hukmdor darajasiga ko'tarilgan. Aytgancha, Maliga 2 marta borganman, u erda qarindoshlarimiz bor” – degan javobni bergan.

Qiziq tomoni boshqa jihat; Kanteni jamoadoshlari qisqartirib NG deb atashadi. “Meni NG deb atashadi. To'g'risi, bunga ko'nikib qolganman” – degan edi Kantening o'zi.


Futbolchi va mutaxassislar Ngolo Kante haqida

Gari Lineker: “Agar Er shariga qachondir asteroid xavf solsa, Kante uni to'xtatib qoladi”;

Klod Makelele: “Bugungi kunda Kante jahondagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biridir. Biroq muammo shundaki, men bu darajadagi o'yinni 25 yoshimda namoyish etganman. SHunday ekan, meni Kante bilan taqqoslash noo'rin”;

Killian Mbappe: "Kante - juda sifatli, o'zini xalqaro darajada ko'rsata oladigan futbolchi. U talablarimizga javob beradi. Kante PSJga juda mos tushgan bo'lar edi. U franciyalik va uning transfer Franciya chempionatiga bo'lgan etiborni oshiradi. U bizga o'tsa yaxshi bo'lardi";

Frank Lempard: “U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Buni "CHelsi"ga kelmasimdan oldin ham bilardim. U bilan birga ishlab, bunga yanada amin bo'ldim”.


Ngolo Kante haqida gap ketganida ko'pchilik uni kamtarligini alohida etirof etadi. Maydonda esa uning qiladigan ishi katta. Ko'pchilik futbol muxlislari uning maydondagi harakatlariga ko'p ham etibor bermas, biroq futbol mutaxassislari uchun Kante qiladigan ish qadrli. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика