So’nggi yangiliklar

01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  4 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24

“Bir futbolchi tarixi”. 19 yoshida ota bo'lgan Fil Foden haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. 19 yoshida ota bo'lgan Fil Foden haqida

Yakshanba oqshomida bo'lib o'tgan “Liverpul” – “Manchester Siti” uchrashuvida “shaharliklar” safida o'yinning eng yaxshisi bo'lishi uchun davogarlar ko'p bo'ldi.

“Manchester Siti”ning yarim himoyachisi Fil Foden o'zining harakatlari bilan ko'pchilikning etiborini o'ziga torta oldi. Bugun biz ushbu futbolchi haqida yozishga qaror qildik. 


Fil Foden – kim o'zi u?

Qahramonimiz 2000 yilning 18 may kuni Angliyaning Stokport shaharchasida dunyoga keldi. Fil yoshligidan “Manchester Siti”ning muxlisi bo'lgan. U 4 yoshida aynan “shaharliklar”ning futbol maktabiga kelib qo'shildi. 2016 yilda futbolchi Xosep Gvardiola murabbiyligi ostida ECHL doriasidagi o'yinda ilk bor qaydnomaga kiritilgan. 


Klublardagi faoliyati haqida

Foden “Manchester Siti”dagi debyut o'yinini 2017 yilning 21 noyabr kuni CHempionlar ligasi doirasida “Feenoord”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. O'sha bahsda u Yaya Turening o'rniga maydonga tushdi. SHu orqali Fil CHempionlar ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchilari orasida to'rtinchi bo'ldi (17 yosh, 177 kun). Premer-ligadagi birinchi o'yinini esa 2017 yilning 16 dekabr kuni “Tottenxem”ga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda ham Foden zaxiradan maydonga tushdi, 83-daqiqada Ilkay Gyundogan o'rniga.

2018 yilning 5 avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida “Manchester Siti” – “CHelsi” jamoalari o'zaro o'ynashdi. Mazkur bahsda Foden asosiy tarkibda maydonga tushdi va Agueroning goliga assistentlik qildi. Jamoasining g'alabasiga hissa qo'shib Angliya Superkubogi sohibi bo'ldi. Foden jamoasidagi ilk golini 2019 yilning 6 yanvar kuni “Roterem Yunayted” darvozasiga urdi. SHundan so'ng, Foden “Manchester Siti”ning asosiy futbolchiga aylana bordi. Bir necha o'yinlarda gol va golli uzatmalari jamoada o'rnini topishga yordam berdi. Xosep Gvardiola Foden haqida: “Yaqin 10 yil ichida Fil “Manchester Siti”ning asosiy futbolchisi bo'ladi” degan edi. 

Foden Premer-ligadagi ilk o'yinini “Tottenxem”ga qarshi o'tkazgan edi. Ilk golini ham aynan “Tottenxem”ga qarshi bahsda urdi. U shu golidan so'ng Mika Richard va Daniel Starrijdan keyin gol urgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. 

Foden bugungi kunga qadar “Manchester Siti” safida 102 o'yinda 25 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Gvardiola o'z intervyularining birida Foden haqida shunday degan edi: “Yosh futbolchilar haqida yaxshi gaplarni gapirish xavfliroq, chunki ular hali yosh va o'sishlari kerak. Ular ko'p narsalarni o'rganishlari kerak. Biz Fodenning potencialga ega bo'lgan yigit ekanligiga ishonamiz”.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Foden Angliyaning turli yosh jamoalari tarkibida o'ynadi. 2017 yilning may oyida U-17 safida UEFA Evropa chempionatida qatnashdi. Musobaqaning finalida gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. O'sha yilning oktyabr oyida U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Futbolchi turnirda “eng yaxshi futbolchi” deya topildi. 2019 yilda esa U-21 safida Evropa chempionatida ishtirok etdi.

2020 yilning 25 avgust kuni Garet Sautgeyt Fodenni ilk bor Angliya terma jamoasiga jalb qiladi. Debyut o'yinini 5 sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Islandiyaga qarshi o'yinda o'tkazadi. Terma jamoadagi birinchi golini noyabr oyida Islandiyaga qarshi bahsda kiritadi. 


Terma jamoadan haydalgani haqida

Fil Foden va “Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud Angliya milliy jamoasi safidan chetlatilishdi. Ushbu futbolchilar milliy jamoa ixtiyorida karantin qoidalarini qasddan buzishgan. Qayd etilishicha, Islandiyaga qarshi o'yindan keyin yosh futbolchilar milliy jamoa joylashgan mehmonxonaga ko'ngilxushlik uchun engil tabiatli qizlarni chaqirishgan. Mehmonlardan biri ijtimoiy tarmoqda bu haqda surat joylagach, yosh futbolchilarning yashirin hatti-harakati oshkor bo'lgan.

O'sha voqeadan so'ng "Manchester Siti" klubi Angliya terma jamoasi safida karantin qoidalariga amal qilganmagani uchun chetlashtirilgan Fil Foden borasida bayonot bergan edi: "Filning harakatlarini umuman oqlab bo'lmaydi. Biz Angliya Futbol Associaciyasi (FA)ning jiddiy qarorini qo'llab-quvvatlaymiz", — deb yoziladi "shaharliklar" bayonotida.

Fodenning o'zi ham bu haqida shunday degan: "Men xatoyimni allaqachon tushunib etgandim. Biz Meyson bilan barchadan uzr so'rab chiqqanmiz. Lekin faqatgina bu bilan kayfiyatim joyiga tusha olmas edi. Men o'z gollarim bilan aybimni yuvishga harakat kildim va kecha buning uddasidan chiqdim. Bosh murrabiyimga shunchaki respekt. U mening asabiy holatimni o'z vaqtida tushungan. SHundan keyin meni Garetda qarzim bor edi va gollarim bilan uni uzdim".


SHaxsiy hayoti

Fil Fodenning sevgilisi Rebekka Kuk. Juftlikning bir nafar farzandi bor. 2019 yilning yanvar oyida ularning oilasida o'g'il farzand dunyoga keldi.


Fil Foden iqtidorli futbolchi. U o'z o'yini bilan “Manchester Siti”ning asosiy futbolchi bo'lib bormoqda. Yaqin yillarda hozirgi darajasidan yanada ustunroq o'ynay olishiga ishonch komil. “Manchester Siti” muxlislari qay darajadagi yarim himoyachi suyukli jamoalarida o'sib borayotganini sezaverishsin. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика