Bilasizmi? "So'g'diyona" chempiondan kamroq mag'lubiyatga uchradi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2021, 10:09
2021 yilgi Superliga o'z yakuniga etdi.

Toshkentning "Paxtakor" klubi 60 ochko to'plab chempion bo'ldi. "Sherlar" 19ta g'alaba, 3ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etishdi.

E'tiborlisi ikkinchi o'rinni egallagan "So'g'diyona" mavsum davomida chempiondan kamroq mag'lub bo'lgan: 12ta g'alaba, 11ta durang va 3ta mag'lubiyat. Bundan tashqari o'zaro o'yinlarda ham Jizzax klubi "Sherlar"dan ustun: Toshkentda 0:0, Jizzaxda 1:0.

Ikkinchi o'rindagi jamoada chempiondan kamroq bo'lishi so'nggi bor 2015 yilgi mavsumda kuzatilgan ekan. O'shanda vice-chempion "Lokomotiv" 2ta mag'lubiyat qayd etgan, chempion "Paxtakor" esa 3 bor yutqazgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia