So’nggi yangiliklar

20:42Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  3 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  2 20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 1:1 (матнли трансляция)  25 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0

⚡️ Bilasizmi? Nesterov tarixda eng ko'p titul qo'lga kiritgan darvozabonlar beshligida Yangiliklar

⚡️ Bilasizmi? Nesterov tarixda eng ko'p titul qo'lga kiritgan darvozabonlar beshligida

“Goal” tarixda eng ko'p titul yutgan darvozabonlar ro'yxatini taqdim etdi.

Unda etakchi sifatida portugaliyalik Vitor Baiya ko'rsatilgan. Kiper faoliyati davomida “Portu”, “Barselona” sharafini himoya qilgan va umumiy 35 ta jamoaviy sovrin qo'lga kiritgani malum bo'ldi. Undan keyingi o'rinlardan Manuel Noyer hamda Janluiji Buffon bormoqda. 36 yoshli Noyer “SHalke 04”, “Bavariya” hamda Germaniya TJda 31 ta, Buffon esa “Parma”, “Yuventus”, PSJ hamda Italiya TJda 28 ta titul yutgani ko'rsatilgan.

Kuchli beshlikka Iker Kasilyas (27 ta), Edvin van der Sar va Keylor Navas (26 tadan) yakun yasagan.

*Biroq, reyting to'g'riligiga biroz shubha bor. CHunki, ukrainalik taniqli darvozabon Aleksandr SHovkovskiyda 31 ta, braziliyalik Julio Sezarda 34 taga yaqin sovrin mavjud.

O'zbekistondan bu beshlikka Ignatiy Nesterov ham bemolol qo'shila oladi. Terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi posbonlardan biri hozirgacha 26 ta titulga erishgani malum bo'ldi. SHuningdek, Nesterov 2015 yil "Lokomotiv" O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritganida qaydnomadan o'rin olmagan.

Nesterov “Dinamo”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Uhud” (S.Arabistoni) hamda “Qizilqum” sharafini himoya qilgan.

Yutuqlari:

O'zbekiston chempionligi – 13 ta (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2017, 2018 yillarda);

O'zbekiston kubogi – 13 ta (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017).

Agar MDH kubogi ham rasmiy musobaqa deb olinsa, u holda Ignatiyning jamoaviy sovrinlari 27 taga teng. U 2007 yil “Paxtakor” safida mazkur turnirda muvaffaqiyatga erishgan.

Malumot o'rnida, Ignatiy Nesterov beshta (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) Osiyo Kubogida qatnashgan yagona futbolchi. SHuningdek, u O'zbekiston MTJ bilan qita birinchiligida eng ko'p bahsda qatnashish borasida Timur Kapadze bilan birga rekordchi sanaladi – 17 tadan uchrashuv.

O'tgan mavsumni “Qizilqum”da o'tkazgan Nesterov O'zbekiston chempionatida besh yuzlik dovonga yaqinlashgani haqida xabar bergandik.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика