Beyl va Benzema Superkubokni o'tkazib yuborishadi

6 yanv 2020, 23:33
“Real”ning bir yo'la ikki nafar futbolchisi jamoaning yaqin kunlardagi uchrashuvida maydonga tusha olishmaydi.

Gap yarim himoyachi Garet Beyl va hujumchi Karim Beznema haqida ketmoqda. Har ikkala futbolchining jarohati bezovta qilmoqda va ularning qachon maydonga qaytishlari noma'lum. Har ikkala futbolchi 8 -12 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarida maydonga tusha olishmaydi. 

Beyl katta ehtimol bilan yakshanba kuni bo'ladigan final bellashuviga qadar jarohatdan forig' bo'lishi mumkin. Ammo buning uchun “Real” chorshanba kuni “Valensiya”ni engib, hal qiluvchi finalga yo'llanma olishi ham lozim bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As