Beyl va Benzema Ispaniya superkubogida o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020, 21:45
"Real" matbuot xizmati jamoaning Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani e'lon qildi.

Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan hujumchilar Garet Beyl va Karim Benzema o'rin olmadi. Uelslik futbolchida o'tkir resperantur kasallik aniqlangan bo'lsa, Karimning chap oyog'i mushaklarida muammolar bor.

"Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid