Beyl: "JCH-2022dagi har bir o'yinda 90 daqiqa o'ynashga tayyorman"
15 noy 2022 18:13
Yangiliklar
Beyl: "JCH-2022dagi har bir o'yinda 90 daqiqa o'ynashga tayyorman"
Uels terma jamoasi etakchisi Garet Beyl Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 boshlanishi arafasida intervyu berdi.
"Men optimal holatdaman va turnirga tayyorman. Agar har bir uchrashuvda 90 daqiqa o'ynash kerak bo'lsa, men tayyorman. Biz hozir bunday yirik voqea oldidan hech kim jarohat olmasligini so'raymiz", – dedi hujumkor yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 20 noyabr kuni start oladi. Uels terma jamoasi mundial guruh bosqichida Angliya, Eron va AQSH terma jamoalari bilan to'qnash keladi.
Fikrlar