Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi
09 jan 2023 21:15
Yangiliklar


Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi
Garet Beyl 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Puxta va obdon o'ylab ko'rganimdan so'ng, futbolchilik faoliyatini yakunlaganimni elon qilaman", — dedi Beyl.
Garet orzusi ro'yobga chiqqani va professional futbolda 17 mavsumni o'tkazganidan xursandligini bildirdi. Uelslik futbolchining so'zlariga ko'ra, u o'z faoliyati bilan faxrlanadi. Beyl o'zining sobiq klublari - "Sautgempton", "Tottenxem", "Real" va "Los-Anjeles"ga, oilasi va do'stlariga, shuningdek, futbolda yo'li kesishgan odamlarga minnatdorchilik bildirdi.
"Hayotimda yangi sahifa ochilayotganidan xursandman. Bu ham o'zgarishlar va yangi sarguzashtlar uchun imkoniyat sanaladi", - deb yozdi Beyl ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar