"Betis" "Arsenal"ga Fekirning narxini malum qildi
22 apr 2020 18:23
Yangiliklar


"Betis" "Arsenal"ga Fekirning narxini malum qildi
Londonning "Arsenal" klubi "Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekirga qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli francuzning "yashillar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. "Betis" "Arsenal"ning o'yinchiga qiziqishi sabab unga 50 million evro miqdorida narx qo'ydi.
Bu narx esa futbolchining narxini pasaytirishga urinayotgan London klubiga to'g'ri kelmaydi.
Fekir joriy mavsum jamoasi safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar