"Beshiktosh" Pyanichni jamoada saqlab qolmoqchi
28 mar 2022 13:48
Yangiliklar
"Beshiktosh" Pyanichni jamoada saqlab qolmoqchi
"Beshiktosh" "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.
Futbolchi ayni damda turk klubida ijara asosida harakat qilmoqda.
"Burgutlar"da bosniyalikni xarid qilish huquqi yo'q, ammo ular baribir kataloniyaliklar bilan o'yinchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqchi. "Ko'k-anorranglilar" yozda Pyanichni qo'yib yuborishga tayyor.
31 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar