Berluskonining shaxsiy shifokori "Jenoa" prezidenti bo'ldi
16 noy 2021 19:06
Yangiliklar
Berluskonining shaxsiy shifokori "Jenoa" prezidenti bo'ldi
"Jenoa" matbuot xizmati klub rahbariyatida o'zgarish ro'y berganini elon qildi.
Deyarli ikki oy oldin jamoa egasi o'zgargan edi – Enriko Preciozi nazorat paketini Amerikaning "777 Partners" investiciya kompaniyasiga sotdi.
Genuyaning yangi rahbarlari prezidentni tayinlashdi. Bu lavozimni Silvio Berluskonining shaxsiy shifokori Alberto Zangrillo egalladi.
Eslatib o'tamiz, bir hafta oldin Genuya jamoasi boshqaruviga ukrainalik murabbiy Andrey SHevchenko kelgandi.
“Jenoa” 12 turdan so'ng A Seriyada 17-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar