Berbatov CHL favoriti haqida: "Menga "Atletiko" juda ham yoqadi, ular sifatli futbol namoyish etishadi"

Alisher
2 iyun 2020, 16:38
"Manchester Yunayted" sobiq forvardi Dimitar Berbatov joriy mavsum YCHL favoriti haqida gapirdi.

"Men "Bavariya"ni aytgan bo'lardim. Ehtimol bu Bundesliga o'yinlarini tomosha qilayotganimdandir, ammo menga doim sifatli futbol yoqadi, ularda yaxshi o'yinchilar bor.

Ular ilk o'yinda "Chelsi"ni yutishgani ajoyib bo'lgan edi (3:0, mehmonda). "Bavariya" buni osongina qildi. Tanaffus barchaga qanday ta’sir qilishini bilmayman, ammo "Bavariya" biroz ustunlikka ega bo'lishi mumkin.

Menga shuningdek "Atletiko" jamoasi juda ham yoqadi. Ular juda ham sifatli futbol namoyish etishadi", - deydi Berbatov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo