Benites APLga qaytishi mumkin
17 apr 2020 15:48
Yangiliklar


Benites APLga qaytishi mumkin
"Nyukasl" xo'jayinlari murabbiylik postiga taniqli ispaniyalik mutaxassis Rafael Benitesni qaytarishmoqchi.
Mutaxassis 2019 iyunida klubdan ketgan edi. Ingliz klubi Rafa bilan aloqaga chiqqan va unga shartnoma taklif qilgan.
"Nyukasl" shuningdek ispaniyalikka sport direktorini o'z xohishiga ko'ra tayinlashga ruxsat berdi.
Benites 2016 yildan 2019 yilgacha "Nyukasl"ni boshqargan. Rafael ayni davmda "Dalyan Ifan"ni boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar