PSJ sobiq futbolchisi faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin
26 avg 2019 17:22
Yangiliklar


PSJ sobiq futbolchisi faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin
Hujumchi Hatem Ben Arfa "Fenerbaxche" qiziqishlari doirasida.
Turk klubi franciyalik o'yinchiga 3 yillik shartnoma va bir mavsumga 2,5 million evro maosh taklif qilmoqda.
32 yoshli Ben Arfa o'tgan mavsum "Renn" sharafini himoya qilgan va 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.
Futbolchi "Renn"dan tashqari "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall Siti", "Nicca" va PSJ klublari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2007-2015 yillar davomida Franciya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar