Belsa boshchiligidagi klub 28 yildan keyin yana 6 ta gol o'tkazib yubordi

21 dek 2020, 00:40
"Lids" Angliya chempionatining 14-turida "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'ldi (2:6).

E'tiborli jihati shundaki, Marselo Belsa boshqarayotgan jamoa 1992 yilning fevralidan beri birinchi marta 6 gol o'tkazib yubordi. O'shanda mutaxassis "Nyuells Old Boyz"da ishrar edi. Uning shogirdlari Libertadores kubogi doirasidagi "San-Lorenco"ga qarshi o'yinda 0:6 hisobida mag'lub bo'lishgan.

Belsa bugunga qadar "Atlas", "Amerika", "Veles Sarsfild", "Espanol", "Atletik", "Marsel", "Lacio" va "Lill" singari klublarda ham faoliyat yuritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports