Belotti "Roma" yoki "Atalanta"ga o'tishi mumkin
07 avg 2021 13:37
Yangiliklar
Belotti "Roma" yoki "Atalanta"ga o'tishi mumkin
Andrea Belotti hali ham "Torino" bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmadi, shu sabab Turin klubi o'yinchini bir yildan so'ng tekinga yo'qotmaslik uchun ushbu transfer oynasida sotmoqchi.
Oldinroq, unga "Inter" jamoadan ketishga yaqin bo'lgan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida qarayotgani malum bo'lgan edi. Endi esa hujumchi "Atalanta" va "Roma"ning rejalarida borligi aytilmoqda.
So'ralayotgan narx 30 mln evroni tashkil etadi, ammo u 27 yoshli Belottiga qaysidir o'yinchi almashilgan taqdirda, o'zgarishi mumkin.
Andrea jamoa tarkibida 2015 yilning avgustidan beri o'ynaydi. U bu vaqt davomida 228ta o'yinda maydonga tushib, 105ta gol va 26ta assist qayd etdi.
Fikrlar