Belerin kelasi yozda "Betis" bilan to'laqonli shartnoma imzolashini istisno etmadi
13 okt 2021 10:11
Yangiliklar
Belerin kelasi yozda "Betis" bilan to'laqonli shartnoma imzolashini istisno etmadi
"Betis"da ijara asosida to'p tepayotgan "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini ispan klubida davom ettirishni istisno etmadi.
"Kelasi yozda qaerda bo'lishimni hali bilmadim, ammo agar o'zimni kelasi yozda ushbu jamoada ko'rmaganimda, "Betis"ga ijaraga yo'l olmagan bo'lardim. Ko'p narsani hal qilish kerak, hozir esa joriy mavsum va "Betis"dagi o'yindan zavq olishni xohlayman, keyin nima bo'lsa bo'ladi", - deydi Belerin.
Belerin "Betis"ga 2021 yilning avgustida ijara asosida o'tgandi.
Ispaniyalik futbolchi Sevilya jamoasi libosida 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar