Belarus chempionati to'purari Bobir Abdixoliqov: "Bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi..."
08 may 2022 17:50
Yangiliklar
Belarus chempionati to'purari Bobir Abdixoliqov: "Bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi..."
- Hozir jurnalistlar deyarli har bir uchrashuvdan keyin sizga murojaat qilishadi. O'zbekistonda ham shunday etibor bo'lganmi?
- Ha. To'g'risi men uzoq intervyu berish, ko'p gapirish tarafdori emasman. O'yindan keyingi qisqa muloqot formati menga maqul keladi.
– Qashqadaryo viloyati Koson shahrida tug'ilgansiz. U er nimasi bilan mashhur?
– Bu viloyat markazi Qarshi shahridan o'ttiz kilometr uzoqlikda joylashgan tuman markazi. Aholisi? Bir necha yil oldin Kosonda etmish mingdan kamroq odam yashardi. Viloyatimizda, mamlakat janubida go'sht eng yaxshi tayyorlanadi. Tandir degan taom bor. U tandirda pishirilgani uchun shunday nomlanadi. Tandirga go'shtning butun bir qismi qo'yiladi va hech qanday qo'shimchalarsiz pishiriladi. Ko'p odamlar tanovvul qilish uchun kelishadi. Hammaga yoqadi!
- Palov pishira olasizmi?
- Yo'q. Ammo onam yaxshi tayyorlaydilar. O'zbekistonda palov asosiy taom hisoblanadi. Uni tayyorlashning barcha sirlarini bilamiz - nima qo'shish lozim, uni qanday pishirish kerak va hokazo. Minskda ikkita o'zbek choyxonasi mavjud bo'lib, ularda milliy taomlar tayyorlanadi. U erda ham osh yaxshi qilinadi. U erga "Energetik"dagi yurtdoshlarimiz bilan borib turamiz.
- Bir necha kun oldin Ramazon oyi tugadi. Ro'za tutdingizmi?
- Yo'q, chunki sog'liq imkon bermadi. O'tgan yili oshqozonim og'riy boshladi. Va shifokor tez-tez ovqatlanish kerakligini aytdi - kuniga besh marta. Ehtimol, oz-oz, lekin muntazam ravishda. Aks holda, bu oshqozon muammolari yomonlashishi mumkin. Agar sog'liq ro'za tutishga imkon bermasa, bu joizdir.
- Keling, mamlakatingiz mavzusiga qaytsak. Kosonda futbol jamoasi bormi?
- Hozir yo'q. Ilgari Birinchi ligada bo'lardi. Adashmasam, o'n yilcha oldin. Nomi bir necha marta o'zgartirilgandi.
- Futbol o'ynashni qaerda va qanday boshlagansiz?
- Kosonda bolalar shug'ullanishi uchun futbol maktabi yo'q edi. Bizni boshlang'ich sinfda jismoniy tarbiya ustozimiz shug'ullantirgan. Tuman maktablari o'rtasidagi musobaqada qatnashardik. U erda meni payqab qolishgan va Qarshi shahridagi viloyat maktab-internatiga chaqirishgan. Bu to'rtinchi sinfda edi.
- Ota-onangiz sizni qiyinchiliksiz qo'yib yuborishganmi?
- Ha. Birinchidan, Kosondan unchalik uzoq emasdi. Ikkinchidan, o'qituvchimiz ular bilan gaplashib, hammasini tushuntirgan. Uchinchidan, ular mening futbol o'ynash istagim va sportga bo'lgan mehrim kuchli ekanligini ko'rishgan. SHuning uchun meni qo'llab-quvvatlashgan.
- Oilangizda boshqa sportchilar ham bormi?
- Yo'q. Men yagonaman. Ota-onam nima ish qiladi? Otamning o'z biznesi bor. Onam – o'qituvchi. SHuningdek, akam va opam bor.
- Qarshidagi faoliyatingiz qanday kechdi?
- Bir yil maktab-internatda o'qidim. Keyin esa uning o'rniga shaharda futbol maktabi ochildi va meni o'sha erga o'tkazishdi. Bu "Nasaf" akademiyasi edi, oradan to'rt yil o'tib, shu klub o'rinbosarlari tarkibida o'ynay boshladim. To'g'ri, dastlabki olti oyda umuman o'ynamadim – murabbiy menga imkoniyat bermadi. SHunaqasi ham bo'lib turadi, bu har bir futbolchi bilan sodir bo'lishi mumkin. Lekin bu mening foydamga ishladi. Xafa bo'lmadim va aksincha, yanada jiddiyroq mashq qila boshladim. Maqsadingiz bo'lsa va biror narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, yanada ko'proq ishlashingiz darkor. O'shanda xuddi shu holatga tushib qolgan do'stlarim futbolni shunchaki tark etishgandi. Men 2015 yilning yozida o'rinbosarlardan asosiy tarkibga o'tdim va ko'p o'tmay asosiy jamoada debyut qildim.
- O'tgan yil fevral oyida "Nasaf"dan Ukrainaning Lvoviga – "Rux" klubiga o'tdingiz. Ammo u erda o'ynamadingiz. Murabbiy bilan munosabatlaringiz yaxshi emasligini aytgandingiz. Aynan nima bo'lgandi?
- Bungacha murabbiylar bilan san-manga bormaganman. Men bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi. Unga u erda o'zimni noqulay his qilayotganimni, chunki hech qachon bu poziciyada o'ynagamanimni tushuntirdim. Nafaqat Qarshidan, balki umuman O'zbekistondan ketib, shu erga kelgandim. Moslashib ketishim osonroq bo'lishi uchun meni qo'llab-quvvatlashi kerak edi. U esa... Bir kuni murabbiyga shunday dedim: "Meni markaziy hujumchi sifatida qo'ying. Men bolaligimdan o'sha chiziqda o'ynab kelaman. Bu poziciyada qaerga yugurish va maydonda nima qilish kerakligini bilaman".
U esa menga: "O'rinbosarlar safida o'yna va gol urib isbotla", dedi. Yaxshi, muammasiz.
O'rinbosarlar jamoasida 1 ta gol urdim va 1 ta golli pas uzatdim. Keyin murabbiy imkon taqdim etishini aytdi. Ammo keyingi o'yinda hatto zaxirada yo'q edim! Men unga boshqa narsani gapirib, umuman boshqa narsa qilgani haqida so'radim. Va u men bilan gaplashishni butkul to'xtatdi.
- SHundan so'ng "Rux"ni tark etish vaqti kelganini tushundingiz...
- Men shunchaki vaqtni behuda sarflashni xohlamadim. Ko'ryapmanki, murabbiy menga imkoniyat ham bermoqchi emas.
- Nima uchun hozir chempionatimizdagi ko'rsatkichingiz o'tgan yilgidan yuqori?
- CHunki Ukrainada yarim yil o'ynamadim. Yozda Minskga kelganimda esa jismonan umuman tayyor emasdim. Qolaversa, oldingi qishdagidek jamoa bilan to'laqonli yig'in o'tkaza olmadim. Bundan bir necha yil avval O'zbekistonda ham shunday bo'lgandi. 2018 yilda 13 ta gol bilan chempionatning to'rtinchi to'purari bo'ldim. 2020 yilda yanada yaxshiroq natija bo'ldi: 17 ta gol va "merganlar" ro'yxatida ikkinchi o'rin. Bu mavsumlar orasida esa unday bo'lmadi. CHunki tayyor emasdim. CHempionat oldidan jarohat olib, "Nasaf" yig'inida u qadar yaxshi qatnasha olmadim, uch oy maydonga tushmadim va bor-yo'g'i uchta gol urdim. Keyin mavsumlar oralig'ida ustimda ko'p ishladim va samaradorlik qaytdi! Yig'inlarsiz juda qiyin bo'ladi. Menimcha, faqat menga emas, hammaga.
- Qishda "Energetik"dagi hamma yuklamalardan voz kechishni xohlamadingizmi?
- Futbolni yaxshi ko'raman, shuning uchun uni tark etishni xohlamayman. Ha, juda qiyin damlar edi. Ayniqsa, qishda. CHunki mavsumlar oralig'idagi yuklanma butunlay boshqacha – eng yuqori darajaga chiqadi. Biz kuniga ikki marta mashg'ulot o'tkazdik. Siz sabrli bo'lishingiz va ishlashingiz kerak. Ota-onam menga shunday deyishadi: "Faqat oldinga intilish kerak. Agan futbol sening kasbing ekan, boshqa yo'l yo'q". Otam shunday deganlar: "Agar imkoniyat bo'lsa, mashg'ulotdan keyin ham ishla. Bu faqat foyda bo'ladi. Sen hujumchisan, darvozaga tez-tez zarba berishing kerak".
- "Torpedo-BelAZ" bilan o'yinda burchak to'pidan so'ng bosh bilan darvozani ishg'ol qildingiz. Bu sizga xos bo'lmagan gol...
- Nega? Bunaqasi O'zbekistonda tez-tez sodir bo'lardi. "Nasaf"da Osiyo CHempionlar Ligasida ham ikki marta bo'lgandi. Ha, men bunday hollagda ko'proq imkoniyatga ega bo'ladigan baland bo'yli futbolchilar sirasiga kirmayman. Ammo bu erda siz to'p qaerga uchishini his qilishingiz kerak. Raqib jarima maydonchasida poziciya tanlay olishingiz lozim.
- "Torpudo-BelAZ"ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi maydon markazidan ham gol urganmisiz?
- Yo'q, bu birinchi marta.
- Nega o'shanda har ehtimolga qarshi darvozaga yaqinlashavermadingiz?
- Darvozabonni aldab o'tganimda o'ng tomondan raqib yugurib kelayotganini ko'rdim. Yana ozgina harakat qilsa, meni to'sib qo'ygan bo'lardi. Taktik fol ishlatardi, tamom. SHuning uchun darhol zarba berishga qaror qildim. SHunchaki to'pni o'ng oyog'imga to'g'riladim va zarba yo'lladim.
- "Energetik"da to'liq penalti tepishga javobgar futbolchiga aylandingiz. O'zbekistonda ham shundaymidi?
- Ha. To'g'ri, 2020 yilda ikki marta penalti tepdim – ikkisida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Ustun va to'sin!
- SHundan so'ng "nuqta"ga yaqinlashishni to'xtatganmidingiz?
- Yo'q. SHundan keyin bizda penalti bo'lmadi. Agar shunday bo'lganda, yigitlar baribir uni menga berishardi. CHunki o'shanda chempionat to'puraridan bir-ikki gol orta qolayotgandim va unga etmb olishni juda xohlagandim.
- "Energetik"dagi boshqa yurtdoshlaringiz haqida gapirib bersangiz. Siz ularni jamoadagi hammadan yaxshi bilasiz...
- Abduqodir Husanov bilan o'tgan yozda Minskga kelganimda shu erda tanishganman. O'shanda mashg'ulotlarda bu yigit Belarus chempionatining, balki O'zbekiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkinligini anglagandim. U yaqinda 18 yoshga to'ldi, uning kelajagi buyuk bo'lishi mumkin. Uni bejiz Olimpiya terma jamoasiga chaqirishmayapti.
- SHohruh Abdurahmonov-chi?
- Uni Belarusga kelishidan oldin ham bilardim. Ammo hozirgidek yaqindan emas. CHunki avval O'zbekistonda bir-birimizga qarshi o'ynagandik. Mehnatsevar, o'z ustida astoydil ishlaydigan futbolchi. U tayanch yarim himoyasida o'ynaydi. Juda ko'p qora ishlarni bajaradi – tinmay yuguradi, to'pni olib qo'yadi va hokazo. Keyin Abbos Jumaqulov ham bor. U hozircha asosiy tarkibda emas – faqat o'rinbosarlar jamoasida. Biroq tez orada jamoaga albatta yordam beradi deb o'ylayman. U insayd. To'p bilan yaxshi ishlaydi, ajoyib pas bera oladi.
- "Energetik" safida harakatlanib, chempionat to'purari bo'lgan Jasurbek Yaxshiboevni ham yaxshi taniysiz...
- Biz u bilan 2016 yilda o'smirlar terma jamoasida uchrashganmiz. Ikki yil o'tgach, Olimpiya termasida Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida g'olib chiqdik. Ko'p o'tmay, deyarli bir vaqtning o'zida mamlakat asosiy jamoasida debyut qildik. Mehmonda Urugvayga qarshi mehmon uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdik. Raqib safida markazda Bentankur, hujumda – Suares va Kavani o'ynagandi. Himoyada Kasares, Godin, Ximenes va Pereyra harakatlangan bo'lsa, darvozani Muslera qo'riqlagandi.
- Ular sizga qarshi o'ynagan eng yulduz futbolchilarmi?
- Ha. SHuningdek, "Tottenxem"ning janubiy koreyalik hujumchisi Son Xyon Min nomini ham aytishim mumkin. U bilan 2018 yili Indoneziyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida yo'llarimiz kesishgan edi.
- Yaxshiboev CHempionlar Ligasida "Real" darvozasiga to'p kiritdi. Ammo "SHerif" evrokubokni tark etganidan keyin u Moldova chempionatida umuman o'ynamayapti. Nega?
- Aniq bilmayman. Menimcha, u hozir baxtli emas. CHunki uning saviyasi Moldova chempionati darajasidan yuqori. Ehtimol, butun yilni "Legiya"da o'tkazganida, unga Polshada osonroq bo'lardi.
- BATE safida maydonga tushmayotgan SHahboz Umarovning hozirgi ahvoli qanday?
- Unda bir yil avval men bilan Ukrainada sodir bo'lgan vaziyat kuzatilmoqda. Sabrli bo'lishi va o'z vaqtini kutishi kerak.
- Begona davlatda sizga ko'proq nima etishmaydi?
- Oilamdan, yaqinlarimdan uzoqda ekanligim noqulaylik tug'diradi. Ularni juda sog'inaman. Qishda faqat ikki hafta uyda bo'ldim. "Energetik"da tatillar ko'p emas.
- Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
- O'yin o'ynayman. Bazida kinolar tomosha qilaman. Yulduz futbolchilar – Benzema, Levandovski, Xoland roliklarini ko'raman.
- CHempionlar Ligasini qaysi jamoa yutadi?
- Menimcha, "Liverpul". U hozir dunyodagi eng yaxshi klub. Ular qanday yugurishadi, qanday himoyalanishadi, qanday pressing qilishadi! Bolaligimdan muxlislik qiladigan jamoam "CHelsi"dan ham "Liverpul"ning o'yini ko'proq yoqadi.
- "Energetik"ning ertalabki mashg'ulotlariga uyg'onish qiyinmi?
- Bu erda asosiy narsa – ko'nikish. Erta turish aksincha, yaxshi. CHunki siz erta uxlaysiz – soat o'nda. Bu shuni anglatadiki, siz yaxshi uxlayb, tiklanib olasiz.
- "Energetik" tabiiy maydonda o'ynay boshladi. Sintetikada qanday edi?
- Yaxshi. Qarshidagi akademiyada bizda suniy qoplama bor edi, shuning uchun bu menga tanish. Ammo baribir: agar siz sintetika ustida mashq qilib, tabiiy maydonda o'ynasangiz, o'yindan keyin oyoqlaringiz juda og'riydi. Hozirgi kunda ham shunday bo'lyapti – Brest va Grodnodagi o'yinlardan keyin. Lekin bu normal holat. Bir yoki ikki kun og'riydi, keyin o'tib ketadi.
- CHempionat boshlanishidan oldin qancha gol urishni rejalashtirgan edingiz?
- Kamida 15 ta. Ko'pi bilan 20 ta atrofida. Hujumchi sifatida men uchun bu yaxshi natija bo'lardi.
- Xo'sh, endi rejalaringiz o'zgardimi?
- Siz har doim o'z oldingizga eng yuqori maqsadlarni qo'yishingiz kerak. Birinchi davra yakuniga to'qqizta o'yin qoldi. SHu vaqt ichida 12 ta, iloji bo'lsa, 15 ta gol urmoqchiman.
- Yozda, masalan, "SHaxtyor"dan qo'ng'iroq qilishsa, nima qilasiz?
- Agentim bilan yaxshilab maslahatlashib ko'ramiz. CHunki faoliyatimda ikkinchi marta xatoga yo'l qo'yib, yana bir yil avvalgi Ukrainadagidek vaziyatga tushib qolishni istamayman. Buni tuzatish juda qiyin bo'ladi. Aprel oyida 25 yoshga to'ldim va menga doimiy ravishda o'ynaydigan jamoa kerak.
- Anatoliy Yurevich nima deydi?
- Bo'shashmaslik kerakligi, ishlashda davom etishni aytadi. Vazifang – gol, gol va yanga gol urish deydi.
- Albatta, chunki u sizni yulduzlik kasalligiga chalinishingizni xohlamaydi...
- Men unday emasman. Ayniqsa, mening barcha uchrashuvlardagi natijam ham yaxshi emas. Turli xil o'yinlar bo'ladi. Birida o'xshaydi, ikkinchisida yo'q. "Sluck" va "Isloch"ga qarshi o'yinlarda imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadim. Hujumchi uchun to'pni unga etkazib beradigan yaxshi insaydlar muhim. U bo'lsa, har doim vaziyatlar bo'ladi – shunchaki undan samarali foydalanishingiz kerak. Ko'p imkoniyat ko'p gol demakdir.
Fikrlar