Belarus chempionati. O'zbekistonlik hujumchilar harakat qilgan o'yinda "Energetik-BGU" o'z uyida "Minsk" bilan durang o'ynadi
06 noy 2021 16:51
Yangiliklar
Belarus chempionati. O'zbekistonlik hujumchilar harakat qilgan o'yinda "Energetik-BGU" o'z uyida "Minsk" bilan durang o'ynadi
Belarus Oliy ligasi 28-tur doirasidagi "Energetik-BGU" - "Minsk" o'yini bo'lib o'tdi.
Qayd etish kerakki, mezbonlar hujum chizig'ida Abdiholiqov va Ubaydullaev tandemi harakat qildi. Bobir 76-daqiqada o'z o'rnini Mamaduga bo'shatib bergan bo'lsa, SHahzod bahsda to'liq harakat qildi. Jamoaning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Doniyor Abdumannopov jarohati sabab qaydnomaga kiritilmadi.
"Energetik-BGU" - "Minsk" 1:1
Gollar: Aleksandr Bulychyov (52) - Egor Bogomolskiy (6).
"Energetik-BGU": Makavchik - Girs - Lukashevich - Strelkovskiy - Sokol - Papariga - Svirepa - Musaxanyan - Ofori - Abdiholikov - Ubaydullaev.
Zaxira: Rusanov, Lesko, SHkurdyuk, Rilach, Makushinskiy, Diallo, Mixaylov, Bulichev, Lavrik, Omelyanchuk.
Fikrlar