Bekxem JCH-2022 finalidan keyin Messini qirol deb atadi
19 dek 2022 14:53
Yangiliklar
Bekxem JCH-2022 finalidan keyin Messini qirol deb atadi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Lionel Messi va Argentina terma jamoasini JCH-2022 g'olibi bo'lgani bilan tabrikladi.
Argentina finalda penaltilar seriyasiga ko'ra Franciyani mag'lub etdi (3:3, pen. – 4:2).
"Qirol Leo Messi", – deb yozdi Bekxem ijtimoiy tarmoqlarda stadiondan olingan suratni joylab.
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu musobaqada chempion bo'lishgan.
35 yoshli Messi JCH-2022da 7 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Fikrlar