Bazasi futbolchilarga to'lib ketgan "Chelsi" 50 mln evroga "Atletiko" futbolchisini sotib oldi

Tolibjon Qosimov
21 avg 2024, 20:09
"Chelsi"dan navbatdagi transfer.

Portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi Joau Feliks "Chelsi" a'zosiga aylandi. London klubi 24 yoshli futbolchi "Atletiko"dan sotib olinganini e'lon qildi. Futbolchi va "aristokratlar" o'rtasida 7 yillik shartnoma imzolandi.

Portugaliyalik 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida "Chelsi" safida to'p tepgan.

Xabar qilinishicha, "Atletiko" Feliksning transferidan 50 mln evro + 5 mln bonus ishlab oladi.


Oldinroq Konor Gallaxer "Chelsi"dan "Atletiko"ga 42 mln evroga o'tgan edi.

Rasman: London va Madridda sarson bo'lgan Evro vice-chempioni "Atletiko"ga o'tdi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/ChelseaFC