So’nggi yangiliklar

12:152024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди  0 11:52Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубогида 3-ўрин учун баҳс, "Интер" уйда ва бошқалар  0 11:30Кутилмаган бурилиш: Палмер фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  0 10:49ПСЖ "Бавария" футболчиси учун 100 миллион евро таклиф қилишга тайёр  2 10:24Арсен Венгер: "Жаҳон чемпионати энди фақат Европа ва Жанубий Америка учун эмас"  2 09:40Легионерларимиз. "Аманат" мағлуб бўлди. Қосимов тўлиқ ўйнади, Бобожонов захирадан тушди  1 09:23Бир ўйин тарихи. “Пахтакор”нинг 50 йиллик юбилейига бағишланган "Пахтакор" – "Торпедо" учрашуви ёдингиздами?  2 08:55Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи  36 08:35Карло Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан 2030 йилгача шартномасини узайтиради  2 08:05Хуршид Ғиёсов: "Нефтчи"га мослашиш ўйлаганимдан ҳам осонроқ кечди"  4 07:30Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  69 01:27"Ювентус" ва "Фенербаҳче" келишувга эришди  1 00:47Европа лигаси. Санчонинг голи "Фенербаҳче"ни мағлуб этди ва бошқа натижалар  0 00:30Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан кетма-кет иккинчи мағлубият, "Ал Ҳилол"да йирик ғалаба  4 00:30«Реал»нинг келажаги, «Аякс» умиди ва кичик Станкович. Собиқ топ футболчиларнинг ўғилларида нима гап?  0

Bundesliga. "Bavariya" safarda "Bayer"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" safarda "Bayer"ni mag'lub etdi

Teglar :  Bayer Bavariya
Germaniya Bundesligasi 30-turidan o'rin olgan "Bayer" - "Bavariya" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Bayer – Bavariya 2:4 

«BayArena»

Gollar: 1:0 – 9 Alario, 1:1 – 27 Koman, 1:2 – 42 Goretcka, 1:3 – 45 Gnabri, 1:4 – 66 Levandovski, 2:4 – 89 Virtc.

Bayer – Gradecki, Dragovich, Tapsoba, Bender, Amiri (Demirbay, 46), Arangis, Baumgartlinger (Paulino, 62), Diabi, Belarabi (Virtc, 46), Beyli (Vendell, 46), Alario (Folland, 76).

Bavariya – Noyer, Boateng, Alaba, Pavar, Kimmix, Gnabri (Alkantara, 74), Devis (Lyuka Ernandes, 85), Goretcka (Martines, 74), Koman (Perishich, 66), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Koman (8), Amiri (30), Levandovski (32), Belarabi (35), Myuller (40), Dragovich (74).

18:15.  Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bundesliganing 30-turidan o'rin olgan markaziy bahsga xush kelibsiz! 

18:18. Afsuski, bugungi o'yindan oldin noxush xabar tarqaldi. "Bayer" etakchisi Kay Xaverc mushaklaridagi muammo tufayli bahsni o'tkazib yuborishga majbur. Lekin shunga qaramay uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

"BayArena" bugungi to'qnashuvga tayyor! 

"Bavariya" irqchilikka qarshi kurash doirasida maxsus liboslarda mashg'ulot olib bordi. 

18:30.  O'yin boshlandi!

4.  Jamoalar o'zaro teng o'yin namoyish etishmoqda, biroq "Bavariya" to'pga egalik qilishga urinmoqda.

6. "Bayer" o'ng qanotdan hujumga intildi. Mehmonlar himoyachilari to'pni o'z jarima maydonlariga yaqinlashtirishmayapti. 

8. Kingsli Koman birin-ketin raqiblarni aldab o'tishga urindi va yiqildi, bu esa hakam tomonidan simulyaciya deb topildi.

9.  GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!  Lukas Alario "Bavariya" darvozasini ishg'ol etdi!   Mezbonlar oldinga chiqib olishdi. 1:0!  

15. Mezbonlar Xavercsiz ham kuchli o'yin ko'rsatmoqdalar. 

18.  "Bavariya" negadir to'pni raqibga juda tez oldirib qo'ymoqda. 

21. "Bavariya" futbolchilaridan o'ziga xos kombinaciya, biroq hozircha samarasiz. 

22. Bellarabidan oldinga uzatma, ammo to'pga Noyer egalik qildi. 

25. Komandan uzatma - Levandovskining bosh bilan zarbasi! Afsuski, kuchsiz va besamar amalga oshirildi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL! "Bavariya" maydon markazida to'pni raqibdan olib qo'ydi. Koman tezkorlik bilan hujumga o'tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, hisobni tengdashtirdi. 1:1! 

31. Kimmixning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi Gradeckiga qiyinchilik tug'dirmadi. 

32. Levandovski qo'polligi evaziga sariq kartochkaga loyiq ko'rildi va endi polyak keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. 

35. Bellarabi ham ogohlantirildi. U Devisga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi.

37. Alario hujumda qoidani buzdi.  

38. Amiri va Diabi kombinaciyasi. Diabidan zarba! Biroq Noyer o'z o'rnida.

40. Myullerga qoidani buzgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. Tomas Myuller ham keyingi uchrashuvda qatnashmaydigan bo'ldi.

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!  "Bavariya" qarshi hujumga o'tdi. Vaaau!  Goreckaning uzoqdan yo'llagan zarbasi golga aylandi! "Bavariya" oldinga chiqib oldi. 1:2!

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL! Sal oldinroq birga bir vaziyatdan foydalana olmagan Gnabri bu safar chiroyli gol urdi! 1:3!

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

"Bavariya" o'yinchilari maxsus bog'ichlarda harakatlanishmoqda. Unda Black Lives Matter ("Qoralar hayoti ahamiyatga ega") deb yozilgan. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

48. "Bavariya"da burchak zarbasi. To'p "Bayer" darvozaboni qo'liga kelib tushdi va u jamoadoshlarini oldinga boshladi. Diavbidan zarba... ancha noaniq.  

50. Koman yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan Myullerga pas berdi. Myullerning zarbasi bir oz noaniq ketdi. 

52. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. 

54. "Bayer" qanotdan hujumga otlanmoqda. Diabi Pavar tomonidan yiqitildi. Demirbay jarima zarbasini amalga oshirildi, to'p esa hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.  

55. Demirbay burchak zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi. 

57. Maydon markazida Kimmixga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

60. Himoyadan oshirib berilgan to'p Alarioga etib keldi, ammo ofsayd qayd etildi. 

61. Levandovski Devisga to'pni uzatdi, Devis esa qanotdan ichkariga oshirdi, lekin "Bayer" himoyachilari to'pni maydon tashqari tomon tepib yuborishdi. 

62. "Bavariya"ning burchak to'pi muvaffaqiyat keltirmadi. 

62. "Bayer"da o'zgarish. Baumgartlinger o'rniga Paulino maydonga tushirildi.  

64. Zarba! Gnabri yaqin masofada qulay imkoniyatdan foydalana bilmadi. 

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! LEVAAAAAAAANGOOOOOOOLLLSKI! A YO'G'EEEE! LEVANDOVSKIdan bosh bilan urilgan gol! Hisob 1:4 ga o'zgardi! 

Bu gol Levandovskining joriy mavsumdagi 30-goli bo'ldi. 

71. "Bayer" shiddat bilan oldinga intilayotgandi, biroq "Bavariya" himoyachilari to'pni olib qo'yishdi.

74. Gorecka qanotdan hujumga o'tayotganidan to'xtatib qolindi, bu uchun Dragovichga sariq ko'rsatildi. 

74. "Bavariya"da o'zgarish. Flik Gnabri va Gorecka o'rniga Martines va Tiagoni maydonga tushirdi. 

76. "Bayer"da navbatdagi o'zgarish. Alario o'rniga Folland o'yinga qo'shildi.   

78. Diabining zarbasini Noyer maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi samara bermadi. 

80. "Bavariya" to'pga egalik qilmoqda. Levandovskidan to'pni olib qo'yishdi.

81. Virc tomonidan kuchsiz zarba yo'llandi. Noyer to'pni shunchaki qabul qilib oldi. 

83. Noyer Devisni chap qanotdan oldinga boshladi. To'p Perishichga, keyin Tiagoga etib keldi... Yana qanotga pas. Devisning uzatmasi muvaffaqiyat keltirmadi.   

85. "Bavariya"da o'zgarish. Mehmonlarning eng faol o'yinchilaridan biri Devis maydonni tark etdi, uning o'rniga Lyuka Ernandes tushirildi. 

86. Diabi bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ammo unga yaxshi sherik etishmayapti. Balki, Xaverc etishmagandir...

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!  FLORIIIANN Viiirrrc  Noyer darvozasiga chiroyli gol urdi!   

90. O'yinga hakamlar tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90+4. Kimmix burchak zarbasini amalga oshirdi. To'p Noyergacha etib keldi. 

BAHS YAKUNLANDI! "Bavariya" safardan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi. Xizmatingizda kamina SHerzod Nurmatov bo'ldi va bu mening debyutim edi. Kamchiliklar uchun uzr. Keyingi o'yinlarda ko'rishguncha!  

Turnir jadvali

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика