So’nggi yangiliklar

19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  2 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  81 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Tarkib bo'yicha meni xavotirga solayotgan jihat..." Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Tarkib bo'yicha meni xavotirga solayotgan jihat..."

Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





- O'yin haqida

- Rostini aytsam, 2 ta vaziyat bizni juda ranjitdi, qaysidir manoda esa quvontirdi. Eng yoqmagan holat muxlislar bizdan g'alaba kutganlaklariga qaramasdan, gol urolmadik va durang o'ynadik. Birinchi vaziyat – muxlislarimiz gol ko'rishmadi, ikkinchisi – biz qimmatli ochkolarni yo'qotdik.  Xursand qilgan tomoni, "Bunyodkor"dek jamoa durangdan g'alaba qozongandek xursand bo'lishi bo'ldi. Jamoa qandaydir vaqt cho'zishga urindi. Maydonimizda o'ynagan raqib jamoa qiynalyapti, bu ozgina bo'lsa-da, bizni xursand qilyapti. Yigitlar tinimsiz mehnat qilishyapti. O'ylaymanki, natija albatta, keladi.  Borlarini berib o'ynayotgan futbolchilarimizga rahmat aytaman.  Xudo xohlasa, muxlislar kutgan g'alabani qo'lga kiritamiz.

- Suhrob Berdiev qachon safga qaytadi?

- Afsuski, Suhrob Berdievning tiklanish muddati biz kutgandan ko'ra cho'zilib ketdi. U hali mashg'ulotlarga ham qo'shilgani yo'q. Yakka mashg'ulotlarga kirishgandi, ammo oyog'ida og'riq sezildi. O'ylashimcha, Berdiev taxminan 1 oydan keyin safga qaytadi. 

- Bugun zaxiradan tushgan ikkita hujumchi (Sidorov va Xojimirzaev)ning o'yinidan qoniqdingizmi? Ular siz kutgan o'yinni ko'rsatdimi?

- Bugungi o'yinda zaxiradan tushirilgan o'yinchilar jamoa o'yinini kuchaytirishdi. Zaxiraga olingan o'yinchilar ham yaxshi o'ynashdi. Masalan, Norbekovdan hammamiz ko'p narsa kutyapmiz. U hali formaga kirib olsa, jamoamizga katta foyda keltiradi. Umuman olganda, zaxiradan tushganlar o'zlaridan yomon taassurot qoldirishmadi.  

- Jamoada uchinchi yil ishlayapsiz, bu vaqt ichida jamoa mehmonda ham ishonchli o'ynab, medallar uchun kurashadigan holatga keladimi?

- Jamoamizning o'tgan yilgi va bu yilgi o'yinlari orqali aytish mumkinki, jamoamiz bunga munosib ekanligini ko'rsatyapti. Biz har bitta o'yinda g'alaba uchun o'ynayapmiz. Futbolda omad muhim rol o'ynaydi. O'ylaymanki, omad kelsa, jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashishga tayyor. Tarkib bo'yicha meni xavotirga solayotgan jihat – jamoamizga "dispetcher" o'yinchi etishmayapti. Misol uchun, bugun Bambani asosiy tarkibda maydonga tushirdik, lekin uning o'yini qovushmagan pallada xuddi shu tipdagi o'yinchi zaxiramizda yo'q. To'p nazorati bo'yicha ozgina qiyinchilikka duch kelyapmiz. Birinchi davrada o'zimizga kerakli ochkolarni to'plab olsak, ikkinchi davrada selekciya ishlarini amalga oshiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика