So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Baxtiyor Ashurmatov: “Qo'qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Qo'qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman”

Barchangizga malumki “Qo'qon-1912” futbol klubiga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu voqea barcha OAV xodimlari hamda muxlislar o'rtasida anchagina qizg'in muhokama qilindi va bu jarayon davom etmoqda. Jurnalistlar hamda muxlislarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olish maqsadida, “shunqorlar”ning yangi bosh murabbiyi bilan suhbat o'tkazdik.

- Assalomu alaykum. "Qo'qon-1912" jamoasiga kelishingiz qanday amalga oshdi. Klub bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz ?

- Va alaykum assalom. “Qo'qon-1912” futbol klubiga, jamoa rahbari Baxtiyoraka Tolipov tomonidan taklif bo'ldi. Qo'qonga kelib jamoa rahbarlari bilan ko'rishdik va maslahatlashib ishni boshladim. Gapni ochig'i qachondir Qo'qon jamoasini boshqarishni niyat qilib yurardim. Va bu niyatim amalga oshdi. Men uchun shartnoma muddati muhim emas. Men uchun eng asosiysi rahbariyat va muxlislar ishonchini oklash. Niyatim “Qo'qon-1912” jamoasida ko'proq vaqt davomida ishlash va Qo'qon jamoasining yukori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar safiga qaytarish. Yurakdan ishlasak xudo hohlasa natija yaxshi bo'ladi, natija bo'lgach shartnoma muddati ham uzayaveradi. Imkoniyatdan foydalanib ishonch bildirishgani uchun jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.



- Jamoa rahbariyati oldingizga qanday maqsad va vazifalarni qo'yishdi?

- Jamoa rahbariyati jamoani barqaror o'yin ko'rsatadigan, muxlislarga manzur bo'ladigan jamoaga aylanishini istashadi va bu yo'lda tinimsiz mehnat qilishmokda. Rahbariyat oldimga yaqin yillar ichida jamoani yukori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirishni vazifa kilib qo'yishmokda. Rahbarlarimizning orzusi “Qo'qon-1912” jamoasini Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishini ko'rish. To'g'ri bu bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Lekin ishonchim komilki xudo xoxlasa “Qo'qon-1912” tez orada yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi. Bu yilgi mavsum uchun anik vazifa esa mavsum boshlanishidan oldin rahbarlar bilan bo'ladigan uchrashuvda belgilanadi.

- "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradi?

- Murabbiylar shtabida menga Qo'qon futboli uchun ko'p mehnati singgan Aziz To'xtaboev, darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanovlar yordam berishadi. SHuningdek murabbiylar shtabida Muhiddin aka Abduvaliev ish olib boradi. Murabbiylar shtabining to'liq tarkibini yangi yilgacha aniqlab olamiz.



- Jamoa qachondan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi? Rejalar haqida gapirib bersangiz?
- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrdan Qo'qon shahrida boshlaymiz. Qo'qonda 28 dekabrgacha bo'lamiz. Yangi yil bayramini o'tkazib olganimizdan keyin tayyorgarlikning keyingi bosqichini 4 yanvardan 24 yanvargacha Toshkentda o'tkazamiz. Xudo xoxlasa 26 yanvardan Farg'ona shahrida bo'ladigan Hokim kubogi musobaqasida ishtirok etamiz. Keyingi rejalarimizda, imkoniyatlarimizga qarab Turkiyada yoki yana Toshkent shahrida yig'in olib boramiz. Tayyorgarlikning aniq rejasini 1-2 kunda tasdiqlab olamiz.

- "Qo'qon-1912" jamoasining o'tgan mavsumdagi o'yinlarini kuzatib borganmisiz?

- Albatta, “Qo'qon-1912” jamoasining o'yinlarini kuzatib bordim. Bu jamoa ona shahrim jamoasi bo'lgani uchun hech qachon qo'qonliklarning ishtiroklariga befarq bo'lmaganman. O'tgan mavsumlarda Qo'qonda ishlagan murabbiylar yaxshi jamoa tuzishdi. Lekin ko'p o'yinlarda omad etishmadi deb o'ylayman. SHu o'rinda o'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasiga mehnatlari singgan murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. No'mon aka Xasanov, keyin Aziz To'xtaboev mehnat qilishdi. Mavsum oxirida esa Timur Kapadzening ham xizmatlari katta bo'ldi.



- Tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi? Qaysi chiziqlarni kuchaytirish lozim deb hisoblaysiz?

- Albatta tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Eng asosiysi jamoa o'zagini saqlab qolishimiz kerak. Jamoa sardori, jamoa uchun jonini berib o'ynaydigan Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro'ziev va boshqa bir nechta etakchi futbolchilarni saqlab qolmoqchimiz. Va qo'shimcha har bir poziciyaga yaxshi saviyadagi futbolchilarni taklif qilishimiz kerak bo'ladi. Aytib o'tganimdek oxirgi paytlarda jamoani omad tark etgan. O'z mehnatimiz bilan omad yana biz bilan hamroh bo'lishini istaymiz. Muxlislarimiz ozgina jamoaga ishonchlarini yukotishgan. Biz chiroyli, jangovor o'yinlarimiz bilan muxlislarimiz ishonchini qaytarishimiz kerak. Muxlislarimizning mehrini qozonishimiz kerak. Oxirgi paytda murabbiylik faoliyatim bir tekisda kechmayapti. Muxlislarda ham ikki xil fikr paydo bo'lgan. SHu sababli Qo'qonda ko'p yillar davomida ishlab, murabbiy sifatida yangi darajaga chiqmokchiman. Qo'qon shahridan 17 yoshimda chiqib ketgan edim. Mana 26 yil o'tib o'z tug'ilib o'sgan shahrimga qaytibman. Xudo xoxlasa Qo'qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman. Menga rahbariyat, muxlislar katta ishonch bildirishyapti. Bu ishonchni qadriga etgan holda, ishonchni oqlash uchun bor kuchim bilan ishlayman.

- Qo'qonlik muxlislarga tilaklaringiz?

- Kelayotgan yangi yil O'zbekiston xalqi uchun, jamoamiz muxlislari uchun ilohim omadli kelsin. Futbolchilarimizning baxtiga muxlislarimiz doimo sog'-salomat bo'lishsin. Xonadonlarida faqat xursandchilik kunlar bo'lsin. ”Qo'qon-1912” jamoasining juda ham jonkuyar muxlislari bor. Ilohim yangi mavsumda stadionni to'ldirib o'tirishsin, jamoamizga ishonishsin. Xudo hohlasa futbolchilar bilan birgalikda har bir o'yinda jangovor, muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin namoyish qilish uchun harakat qilamiz.


Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика