So’nggi yangiliklar

01:01Расман: "Милан" "Манчестер Сити" ҳимоячиси трансферини эълон қилди  4 00:50"Зенит" ўртоқлик ўйинида Иордания термасини мағлуб қилди  0 00:15Руди Гарсия Бельгия термасининг муҳим футболчиларини қайтармоқчи  2 23:50Слот "Лилль"га қарши ўйин ҳақида: "Отам доим ҳам мен томонда бўлмайди"  1 23:28Неймар собиқ жамоасига қайтишга яқин  5 23:07"Локомотив" Туркияда "Уфа"га қарши ўйнайди  0 22:51"Сўғдиёна" БААда "Ростов"га йирик ҳисобда ютқазди  6 22:16"Бетис" Антони маошининг катта қисмини тўлайди  1 21:54"Пахтакор" назорат ўйинида Сербия жамоасига мағлуб бўлди  9 21:39Футзал. Мавсумнинг энг яхшилари тақдирланди  0 21:24"Нефтчи" Туркиядаги бешинчи ўртоқлик ўйинида тўртинчи марта дуранг ўйнади  8 21:09Расман: Ойбек Бозоров шартномани узайтирди  3 20:53Аморим "Манчестер Юнайтед"дан хафа бўлди  9 20:29"Бавария" ҳимоячиси сафдан чиқди  0 19:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Насаф"га 7 та гол урди (+ якуний мусобақа жадвали, рамзий жамоа)  1

Baxtiyor Ashurmatov: “Kubokda birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynash ham oson emas” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Kubokda birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynash ham oson emas”

Kecha G'uzorda “SHo'rtan” mehmoni bo'lgan “Navbahor” safardan g'alaba bilan qaytdi.
“Lochinlar” bu o'yinga jiddiy yo'qotishlar bilan borgan bo'lishlariga qaramay yakunda 2:1 hisobida g'alabag erishdi.
Uchrashuvdan so'ng namanganliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatovni suhbatga chorladik.

- Ochig'ini aytganda, yigitlarga o'yindan oldin uchrashuv garchi birinchi liga klubiga qarshi kechadigan bo'lsada, bu kabi Kubok bahslari qiziqarli va shu bilan birga oson bo'lmasligini aytgandim - deya gap boshladi Baxtiyor Ashurmatov. - Haqiqatdan ham amalda shunday bo'ldi. “SHo'rtan” futbolchilari shu kuni mazmunli va kuli o'yin namoyish etdi. Qolaversa g'uzorliklarning ustozi Muxtor Qurbonovning kurashchan jamoa tuzganini hamda bu murabbiyni yaqin kelajakda O'zbekistonda ko'zga ko'ringan murabbiylar qatoridan joy olishini aytib o'tishni istardim.

- Har ikkala jamoada bir qator havfli vaziyatlar bo'ldi. Lekin shu kuni omad biz tomonda bo'ldi. Negaki mezbonlar 11 metrlik to'pidan unumli foydalana olmadi. SHogirdlarim esa uchrashuv so'nggilarida g'alaba to'pini kiritib o'zimiz uchun kerak bo'lgan natija bilan qaytdik. Butun o'yin davomida bir xil o'yin ko'rsatishimiz qiyin bo'ldi. Menimcha o'yin stadionga kelgan muxlislarga yoqdi.

- Kubok bahslarida birinchi liga klublariga qarshi o'yinlar qiyin va qiziqarli o'tishini mazkur bosqichda guvoh bo'ldik. Birinchi liga klublari ham kuchli ekanligini amalda isbotladi. Xususan “Istiqlol”, “Xotira-79”, “Qo'qon-1912”, “Oq-tepa” kabi jamoalar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Albatta bu Kubok o'yinlariga bo'lgan qiziqishni yanada ortishiga sabab bo'ldi.

- “SHo'rtan” o'yini haqida faqat ijobiy fikrdaman. SHavkat Nasibullaev Qahramon Muxammadjonov himoyada ishonchli o'yin namoyish etdi. Viktor Klishin ham oldingi chiziqda himoyachilarimizni butun o'yin davomida sarosimadi ushlab turdi. Aynan ushbu tajribali hujumchi uchrashuvda penalti ishlashga ham erishdi. Muxtor Qurbonov boshchiligida bu jamoaning joriy mavsum yana oliy ligaga qaytishiga ishonchim komil.  

- Rostini aytsam, keyingi bosqichda “So'g'diyona” bilan ro'baro' kelishimizni tahmin qilgandim. Lekin “Istiqlol” sensaciya qilib oliy liga vakilini Kubok o'yinlaridan chiqarib yubordi. Bundan ko'rinib turibdiki, Pskent jamoasi ham kuchsiz emas. Bu klubda taniqli murabbiy Kamol Jo'nashev ishlamoqda. Bu murabbiy ham shu kungacha birinchi liganing bir nechta jamoalarida ishlab mahoratini oshirib bormoqda. Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, bu jamoaga qarshi o'yinga yigitlarimiz raqibni hurmat qilgan xolda maydonga chiqib g'alaba uchun bor kuchlarini berib o'ynashlari kerak. Oldindan g'alaba bizniki desak xato qilgan bo'lamiz.

- Mamlakat Kubogi bahlarida rahbariyat tomonidan oldimizga aniq bir vazifa qo'yilmagan bo'lsada, biz har bir o'yinga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Bizda ahil jamoa tuzilgan. Qo'l ostimdagi futbolchilar bilan imkon qadar har bir o'yinda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz. Kubokda navbatma-navbat har bosqichni ijobiy tomonga hal etish uchun bor kuchni ishga solamiz. O'ylaymanki buni uddalasa bo'ladi.

- “SHo'rtan”ga qarshi o'yindan oldin tarkibda jiddiy yo'qotishlarga uchradik. PFL jamoamizni badal pulini to'liq ravishda o'tkazib bermayotgani uchun bunga qadar bir necha marotaba ogohlantirib keldi. Kubok o'yinidan bir kun oldin esa bunga amaliy chora ko'rdi. Yani asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisini maydonga tushishini taqiqladi. G'uzorga ketishdan oldin Toshkentda 20 nafar futbolchi bilan tayyorgarlik ko'rgandik. PFLning ushbu chorasidan keyin safarga 15 ta o'yinchi bilan jo'nab ketishga majbur bo'ldik. “SHo'rtan” bilan o'yinda zaxirada darvozabonimiz bo'lmagani ham aynan shu bilan bog'liq.   

- PFLning bu qaroriga etirozim yo'q. CHunki bungacha bir necha bor ogohlantirib kelayotgandi. Klubimiz rahbarlari moliyaviy muammolarni bartaraf etishga harakat qilmoqda. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz - deydi Ashurmatov.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика