So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolda kichkina faktor ham muhim rol o'ynaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolda kichkina faktor ham muhim rol o'ynaydi"

Coca-Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Turon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Jangovor o'yin bo'ldi. Yigitlarga hech qanday etiroz bildira olmaymiz, ular oxirigacha kurashishdi. Afsus, jarohatlar sabab zaxiradan futbolchi tushirishga majbur bo'ldik. Kerakli vaqtda rejalangan futbolchini maydonga tushirishga imkoniyat bo'lmadi. Futbolda kichkina faktorlar ham rol o'ynaydi. Afsuski, so'ngi daqiqalardagi etiborsizlik sabab gol o'tkazib yubordik. To'p nazorati evaziga vaqtdan yutish mumkin edi. To'g'ri, ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradik, bundan tushkunlikka tushish shart emas. Yigitlar shunaqa jon-jahdlari bilan kurashishsa, kerakli natijalarga erisha olamiz.


- So'nggi daqiqalarda jismoniy xolat ham o'z tasirini ko'rsatdimi yoki etiborsizlik tufayli jamoa mag'lub bo'ldimi?

- Jismoniy xolat ham tasir ko'rsatdi. "Nasaf" o'z o'yini evaziga bizni ko'proq harakat qilishga majbur etdi. SHu boisdan ham biz maydon egalaridan ko'proq charchadik. SHunga qo'shimcha etiborni ham yo'qotdik, chunki imkoniyat yakka kurashda boy berildi.


- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar sizning ko'rsatmalaringizni to'g'ri bajara olishdimi?

- Har gal mag'lub bo'lganda nimanidir noto'g'ri qilgan bo'lasiz. Biz o'yin oxirida 5 ta himoyachi bo'lib o'ynashni ham rejalagandik. Quvondiq Ro'ziev jarohat oldi, uni almashtira olmadik. Bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar ham maksimal darajada harakat qilishdi. 


- Hujum chizig'ida etakchilar bor. Xumoyun Murtozaev nega zaxirada qoldirildi?

- CHunki biz o'yin boshida ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashni reja qilgandik. SHu sababdan ham tezkorroq Norbekovni asosiy tarkibda tushirdik. Yigitlar maydonda kerakli darajada harakat qilishdi. Bugungi o'yinimiz bilan mag'lubiyatga loyiq emasdik. Lekin bu futbol, soniyalar o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Keyingi o'yindan biz vaziyatni o'zgartirishimiz kerak. 

Ro'ziqul Berdiev eng kuchli murabbiylardan biri, "Nasaf"da jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan.


- Ushbu mavsumda "Turon"ni qaysi o'rinda ko'rayapsiz?

- To'g'ri, hozir ikkita mag'lubiyatdan so'ng klub rahbariyati va muxlislar tushkun kayfiyatda bo'lishlari mumkin. Men jamoamizni 5-6 o'rinlar uchun kurasha oladigan salohiyatini ko'rayapman. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Aybimiz bor, muxlislarimiz shuncha yo'l bosib kelib qo'llab-quvvatlab turishdi. Afsus, hozir biz ularga kerakli natijalarni taqdim eta olmayapmiz.



Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика