So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Baxtiyor Ashurmatov: “Bunday nursiz o'yin bilan yutqazish juda ayanchli” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Bunday nursiz o'yin bilan yutqazish juda ayanchli”

“Andijon” – “SHo'rtan” (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Afsuski barchaning etiroziga sabab bo'ladigan o'yin bo'ldi. Juda ham muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'ldan boy berdik. Bunday nursiz o'yin ko'rsatib, kam vaziyatlar yaratib mag'lub bo'lish juda ham ayanchli. "SHo'rtan" yaxshi o'ynadi va haqli ravishda g'olib bo'ldi. Bu o'yin hali juda ko'p ish olib borishimiz kerakligini ko'rsatib berdi. Mag'lubiyat muxlislarning keskin etiroziga sabab bo'ldi. Ushbu o'yin bizni yanada kuchliroq qilishi kerak. "Andijon" jamoasi bilan yana muxlislarning ishonchini qozonsam bugungi mag'lubiyatni unutamiz.

Anvar Berdievni nega vaqtli almashtirdim? Gapni ochig'i qaysidir futbolchi tufayli mag'lub bo'lmadik. Mag'lubiyatda murabbiylar shtabi aybdor. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratishda oqsadik. Yovanovichning yoniga tezkorroq hujumchi kerak edi. Mag'lubiyatdan so'ng o'zgarish noto'g'ri qilingandek tuyulaveradi. SHog'ulomov harakat qildi, ammo gol ura olmadi.

Azamat Isroilov Universiada musobaqalarida ishtirok etdi. SHu bois o'ng qanotda Ibrohim Rahimovni o'ynatdik. Javlon Guseynov va Temur Vasilev esa yaqindagina jarohatidan qutuldi, - deydi Ashurmatov.



“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика