So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun ikki narsa xursand qildi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun ikki narsa xursand qildi"

Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor"(2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi

"Bugun ikki narsa xursand qildi. Birinchisi muxlislarni stadionga kiritilgani, ular butun o'yin davomida futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Ikkinchisi albatta g'alaba qozonganimiz. Uchta o'yindagi g'alabasiz seriyadan so'ng bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Bugungi o'yin burilish o'yini bo'lishini yigitlarga tushuntirgan edik. Agar g'alaba qozonmaganimizda "Bunyodkor" bizdan olti ochkoga o'tib ketardi. Bizni ularga etib olishimiz juda qiyin bo'lardi. SHu sababli bugun yigitlar g'alaba uchun maydonga chiqishdi. Oldingi o'yinlardagi mag'lubiyatlar futbolchilarga bosim yuklayotgan edi. G'alaba bilan muxlislarimizni va rahbarlarni tabriklayman. Etibor beradigan bo'lsak, bugun "Bunyodkor" to'p nazorati bo'yicha ustunlikni qo'liga oldi. Bilasiz, "Bunyodkor" chempionatimizda to'p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoalardan biri hisoblanadi",- deydi Ashurmatov.

- Qiyin g'alaba bilan tabriklayman. Muzaffar Muzaffarov ham safga qaytdi va ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Nima deb o'ylaysiz, endilikda uning o'yini ochilib ketadimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Muzaffar Muzaffarovni qanday saviyadagi futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Afsuski, ketma-ket olgan jarohatlari sababli o'tgan o'yinlarda ishtirok eta olmadi. Bugun ikki bo'lim davomida o'ynashi qiyin edi. Unga berilgan vaqt ichida o'z saviyasida o'ynashga harakat qildi. Lekin, uning yuqori sport formasiga kirib olishiga vaqt kerak. Muzaffarga ishonamiz.

- Legionerlar Filip Raevac va Yakuba Bambaning o'yini unchalik o'xshamayapti. Ularning o'yinida pasayish bor. Legionerlarni olib kelishdan maqsad nima edi va ko'zlangan maqsadga erishildimi?

- Bamba markazlashgan chempionatda "Navbahor", "Paxtakor" bilan o'yinlarda shu qadar saviyali o'yin namoyish etdiki, uni jamoamizga taklif qilganimizdan xursand bo'ldik. Unga ketma-ket boshqa jamoalardan takliflar kelishni boshladi. Balki, shuning hisobiga fikri bo'lingandir. Bambani jamoamizda olib qoldik, u to'p bilan yaxshi o'ynaydigan yuqori texnikaga ega futbolchi. Oxirgi turlarda nafaqat Bambada balki, butun jamoamizda pasayish bo'ldi. Bu erda Bambani ayblamagan bo'lardim. Legionerlarga kelsam bu yil taklif qilingan Ivan Yosovich ishonchni oqlamoqda. U himoya chizig'imizning etakchi o'yinchisiga aylandi. O'zi ham intizom va tartibga rioya qiladigan yigit. Raevac kelganida yaxshi qo'shilib ketdi, gollar ura boshladi. So'ng oraliqda yuzaga kelgan tanaffusda sport formasini yo'qotib qo'ydi. SHuning uchun avvalgi darajasiga qaytishga qiynalmoqda. Umuman olganda legionerlarni yordami tegmoqda.

- Murabbiylar o'z jamoasida o'ynab ketgan sobiq futbolchilarga hushyor bo'lishni futbolchilarga aytadimi? Bunga siz etibor berasizmi?

- Albatta etibor beramiz. SHahboz Erkinovni faqat Qo'qonda o'ynagani uchun emas, uning ustun tomonlariga ham etibor berdik. Bosh va gavda bilan yaxshi o'ynashi, yakkakurashlarga chiqib borishi, agressiv harakat qilishini bilar edik. Standart vaziyatlarda uni yaxshilab qo'riqlashimiz talab etilardi. SHunga yarasha ko'rsatma bergandik. Lekin, vaziyatlarni birida himoyachilarimiz uni etiborsiz qoldirishdi. Raqibni o'rganayotganda nafaqat jamoamizda o'ynab ketgan futbolchini balki butun jamoani o'rganamiz. Ustun va kamchilik tomonlarini ko'rib chiqamiz.

- Murabbiy sifatida o'rinbosarlar jamoasini ham kuzatib boryapsizmi?
- Gapni ochig'i, yoshlarimiz bizni kelajagimiz. O'rinbosarlar jamoasidan ham asosiy tarkibga futbolchilarni jalb qilyapmiz. Muhsin Normatov, Sardor Etovqo'ziev va boshqalar. Murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib keyingi mavsumda o'rinbosarlar jamoasini yoshartirmoqchimiz. 21-22 yoshdagi futbolchilarni o'rinbosarlar jamoasida ushlab turmaymiz. 17-18 yoshdagi futbolchilarni jalb qilamiz. O'rinbosarlar jamoasiga bo'lgan qarashimizni o'zgartirmoqchimiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика