"Bavariya"dagilar yozda nega Erling Xolandni 60 mln evroga sotib olmaganliklarini izohlashdi
09 mar 2023 00:35
Yangiliklar
"Bavariya"dagilar yozda nega Erling Xolandni 60 mln evroga sotib olmaganliklarini izohlashdi
"Bavariya" klubi boshqaruv raisi Oliver Kan klub yozda nega Erling Xolandni 60 mln evro evaziga "Borussiya"dan sotib olmagani haqida so'zlab berdi.
"Xoland masalasiga kelsak, transferning umumiy qiymati, bonuslar va maosh nuqtai nazaridan bu transfer juda qimmat hisoblanardi. Bu transfer bilan biz klubning moliyaviy barqarorligiga putur etkazib qo'yishimiz mumkin edi. "Bavariya"da qarzlar yo'q. Bizning falsafamiz shunday va uzoq muddatli istiqbollarda bu narsa foydamizga ishlashi mumkin. Qisqagina muddat hisobga olinganda klub qarz olishi va investorlarga yuzlanishi mumkin. Sport taraflama erishilgan yutuqlarimizni Evropaning boshqa moliyaviy jihatdan kuchli klublari bilan solishtirsak, "Bavariya" bu borada juda katta ustunlikka ega ekanligi aniq bo'ladi", -deydi Oliver Kan.
Fikrlar