Riberi murabbiylik licenziyasiga ega bo'ldi
13 sen 14:20
Yangiliklar
Riberi murabbiylik licenziyasiga ega bo'ldi
"Bavariya" va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Frank Riberi UEFAning "A" toifali licenziyasi sohibiga aylandi.
Franciyalik futbolchi Italiyada tahsil oldi. Licenziya Frankka ayollar jamoasi yoki C Seriya darajasidagi istalgan erkaklar jamoasini boshqarish imkonini beradi.
Riberidan tashqari "Inter" sobiq darvozaboni Samir Xandanovich, Italiya terma jamoasi sobiq o'yinchilari Domeniko Krishito va Alessandro Diamanti ham licenziyali bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Riberi 2022 yilda faoliyatini yakunlagan. Yarim himoyachining so'nggi jamoasi Italiyaning "Salernitana" jamoasi bo'lgandi. Futbolchi "Bavariya"dagi o'yinlari orqali nom qozongan, u myunxenliklar bilan 9 marta Germaniya chempionligi va 1 marta CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Frank UEFA talqinida 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar