"Bavariya" o'z futbolchisi uchun "Sevilya"dan 20 mln evro olmoqchi
16 avg 2022 18:01
Yangiliklar
"Bavariya" o'z futbolchisi uchun "Sevilya"dan 20 mln evro olmoqchi
"Sevilya" "Bavariya" himoyachisi Tangi Nyanzuning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, nemis klubi 20 yoshli francuz uchun 20 million evro talab qilmoqda.
"Sevilya" bu talabni qanoatlantirishga tayyor, ispanlar faqatgina futbolchi bilan shaxsiy shartnomani kelishishi qoldi.
Nyanzu "Bavariya"ga 2020 yilning iyulida PSJdan o'tgan va myunxenliklar safida 28ta o'yinda 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.
Fikrlar