"Bavariya": Kloze Flikka yordamchi etib tayinlandi
07 may 2020 18:10
Yangiliklar


"Bavariya": Kloze Flikka yordamchi etib tayinlandi
Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar "Bavariya"da bosh murabbiy Xansi Flikka yordam beradi.
Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi 2007-2011 yillar davomida klub sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, Miroslav Kloze bunga qadar "Bavariya"ning 17 yoshgacha bo'lgan jamoasini boshqarib kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar