"Bavariya" futbolchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qilishdi
20 mar 2020 19:43
Yangiliklar
"Bavariya" futbolchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qilishdi
"Bavariya" futbolchilari Joshua Kimmix va Leon Gorecka koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 1 mln evro xayriya puli ajratishdi.
Bu haqda futbolchilar o'z tvitterida malum qilishdi. Ayni damga kelib, koronavirusdan vafot etganlar soni 10400 nafardan oshdi.
Evropaning ko'plab chempionatlari may oyi boshigacha qoldirilgan. Katta ehtimol bilan ligalar may oyi o'rtalarida boshlanishi yoki umuman bo'lmasligi ham mumkin.
Yaqindagina Evro-2020 turniri ham 2021 yilga ko'chirilgandi.
Fikrlar