"Bavariya" 13-bor "oltin dubl" qayd etdi
05 iyu 2020 01:14
Yangiliklar
"Bavariya" 13-bor "oltin dubl" qayd etdi
Biroz avval Germaniya kubogi finalida "Bayer"ni (4:2) mag'lub qilgan "Bavariya" futbolchilari turnir g'olibiga aylanishdi.
Bunga qadar 16 iyun kuni myunxenlik futbolchilar qatorasiga 8-marta Bundesliga chempionligini tantana qilishgan edi. SHu tariqa "Bavariya" Germaniya miqyosida 13-bor "oltin dubl"ga erishdi. Bu ko'rsatkich mamlakat rekordi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Myunxen grendi o'tgan mavsumda ham Bundesliga va Germaniya kubogida zafar quchgandi.
Fikrlar